«Malibu» va «Tracker»ga oy oxiriga qadar chegirma e`lon qilindi

Iqtisodiyot 18.09.2019, 14:43
«Malibu» va «Tracker»ga oy oxiriga qadar chegirma e`lon qilindi

«UzAuto Motors» kompaniyasi xaridorlarga bo`lib-bo`lib to`lash sharti bilan «Chevrolet Malibu» va «Tracker» avtomobillarining egasiga aylanishni taklif qiladi.

Qayd etilishicha, ushbu avtomobillarning 50 foizi to`lash imkoniyati mavjud bo`lsa, uning qolgan summasini 2 yil davomida belgilangan chakana narxlarda (foizsiz!) to`lab, mazkur aksiyadan foydalanish mumkin. Avtomobilning qolgan summasini muddatidan oldin to`lash uchun ham hech qanday cheklovlar ham yo`q.

«Avtomobilni rasmiylashtirishning tezkorligi asosiy afzalliklardan biridir. Muddatli to`lovni rasmiylashtirish uchun avtomobilingizni majburiy sug`urta qilishingiz lozim bo`ladi», deyiladi xabarda.

Bundan tashqari avtomobilga 100 foiz to`lov amalga oshirgan xaridor chegirmadan foydalangan holda mazkur avtomobillarni quyidagi narxlarda xarid qilishi mumkin:

  • Tracker MT - 165 mln. so`m
  • Tracker AT - 190 mln. so`m
  • Malibu Turbo 1,5 - 250 mln. so`m.

Aksiyalar bo`yicha batafsil ma`lumot olish uchun kompaniyaning rasmiy dilerlariga murojaat qilish mumkin.

Aksiya joriy yilning 18-30 sentyabr kunlari oralig`ida amal qiladi.

Kompaniya avtomobillar soni chegaralangani, avtomobil xaridi jarayonida xaridorlarga qulayliklar yaratishda davom etishini ham ma`lum qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1