1

Vizaning yangi — Investment visa turi joriy etilmoqda

Iqtisodiyot 20.09.2019, 16:52
Vizaning yangi — Investment visa turi joriy etilmoqda

Uch yillik «investor vizasi» joriy etilmoqda. U O`zbekistonga 1,7 mlrd so`mdan (183,1 ming dollar) ortiq sarmoya kiritgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga rasmiylashtiriladi.

Prezidentning 19 sentyabrdagi farmoni bilan O`zbekistonga tashrif buyuruvchi xorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uchun qo`shimcha kirish vizalari toifalarini joriy etish ro`yxatiga qo`shimcha kiritildi, deya xabar qildi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Kiritilgan qo`shimchaga ko`ra, ro`yxatda mavjud bo`lgan «Vatandosh», «Student visa», «Academic visa», «Medical visa», «Piligrim visa» lar qatoriga endi «Investment visa» ham qo`shiladi.

«Investment visa» — O`zbekiston iqtisodiyotiga belgilangan BHMning 8500 baravari miqdorida (1,723 mlrd so`m, yoki joriy kurs bo`yicha 183,1 ming dollar) investisiya kiritgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga rasmiylashtiriladi.

Ushbu vizaning amal kilish muddati uch yil.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1