O`zbekiston respublikasi Mustaqilligining 28 yilligiga bag`ishlab joriy yilning 19 sentyabr kuni Parijda o`tkazilgan “Yangilanayotgan O`zbekiston: nodir madaniy tashabbuslar” xalqaro media iventi yana bir marotaba O`zbekiston madaniy merosini saqlash va ommalashtirish fransiyaliklarda katta qiziqish uyg`otganligini isbotladi.
Iventda yaqin ikki yil ichida Parijda va Fransiyaning boshqa joylarida o`tkazilishi ko`zda tutilgan yangi istiqbolli va qiziqarli loyihalar taqdim etildi. Luvrning Napoleon zalida namoyish qilinishi rejalashtirilgan O`zbekiston madaniy merosi ko`rgazmasiturli davr tarixining buyuk durdona asarlarini ko`rsatish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, doktor Mark Tutan tomonidan taklif etilgan Alisher Navoiy hayoti va ijodiga, Fransiya va Evropaning boshqa mamlakatlarida saqlanayotgan Abu Ali ibn Sino qo`lyozmalariga (loyiha kuratori "Avesinna-Fransiya" fransuz Assosiasiyasi Prezidenti Mark Bonnel), Markaziy Osiyo qadimiy kartografiyasiga tegishli loyihaga (loyiha kuratori ENS-CNRSarxeologik tadqiqotlar markazi tadqiqotchisi, doktor Svetlana Gorshenina) bag`ishlangan xalqaro anjumanlar o`tkazilishi ham rejaga kiritilgan. Mazkur loyihalarning barchasi mamlakatingiz tarixiy merosinini ommalashtirishda katta ahamiyatga ega.
Media ivent qadimiy O`zbekiston hududida yaratilgan eng noyob faksimillar, shu bilan birga Frederik Bopertyui-Bressan rahbarlik qiluvchi Temuriylar Assosiasiyasi faoliyati haqida ham muhim ma`lumotlarni beradi.
Firdavs Abduxoliqovning dunyoda yagona bo`lgan mazkur afsonaviy loyihasini tadbir ishtirokchilari bo`lgan spikerlar, ko`plab mehmonlar yuqori baholashdi va uni muvaffaqiyatli amalga oshirishda o`z hissalarini ayashmadi. Loyihaning qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini O`zbekiston hukumatihamda YuNESKO tomonidan qo`llab-quvvatlanayotganidan ham bilish mumkin. O`z navbatida barcha ilmiy hamjamiyatlar bu loyihada ishtirok etishga, uni qo`llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirishmoqda.