1

​Oliy ta`limda tub burilish: 12 xorij o`qituvchilari, kredit tizimi va 2 ta diplom — “Ipak yo`li” turizm xalqaro universitetida yangi o`quv yili boshlandi

Jamiyat 25.09.2019, 21:35
Teglar: Talaba
​Oliy ta`limda tub burilish: 12 xorij o`qituvchilari, kredit tizimi va 2 ta diplom — “Ipak yo`li” turizm xalqaro universitetida yangi o`quv yili boshlandi

2018 yilda O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning qaroriga muvofiq, Samarqand shahrida “Ipak yo`li” turizm xalqaro universiteti tashkil etilgan va unga Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov rektor etib tayinlangan edi.

2018/2019 o`quv yilida mazkur universitetga 9 ta ta`lim yo`nalishida 137 nafar, 2019/2020 o`quv yilida esa 400 nafar yoshlar o`qishga qabul qilindi.Kecha, 24 sentyabr kuni yangi talabalar uchun “Welcome to the University!” (Universitetga xush kelibsiz!) nomli tadbir o`tkazildi.

Ushbu universitet turizm sohasida bakalavriat va magistratura yo`nalishlarida mavjud bo`lgan deyarli barcha xizmat turlari bo`yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Ta`lim yo`nalishlari uchta yirik ta`lim yo`nalishlariga birlashtirilgan: iqtisodiyot fanlari, kommunikasiya, gumanitar fanlar.

Aziz ABDUHAKIMOV, O`zbekiston bosh vaziri o`rinbosari, “Ipak yo`li” turizm xalqaro universiteti rektori:

Mazkur ta`lim maskani yaqinda tashkil etilganiga qaramasdan bugunda O`zbekistondagi turizm sohasiga ixtisoslashgan birinchi universitetga aylanishidan umidvormiz. Biz universitetdagi respublikamizda hali kuzatilmagan va xorij tajribasiga ega ta`lim darajasi bilan faxrlanamiz. Zero, ushbu universitetda bugun faoliyat yuritayotgan professor-o`qituvchilar tarkibining 30 foizi xorijiy ilg`or oliy ta`lim muassasalaridan kelgan professor o`qituvchilardir. Joriy yildan 12 nafar xorij professorlari faoliyatini boshlaydi. O`ylaymanki, bu katta qadam bo`ladi.

Qisqa vaqt ichida O`zbekiston tarixida birinchilardan bo`lib talabalarni hamkorlikda o`qitishga qaratilgan qo`shma dasturlar, ya`ni Double degree yo`lga qo`yildi. Hozirgi kunda talabalarga uch tomonlama — Triple degree dasturi bo`yicha o`qitish loyihasi ustida ishlar olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, Double degree qo`shma dasturi mazkur universitet talabalariga xorijiy davlatlardagi nufuzli oliy o`quv yurtlarida ta`lim olish, malaka oshirish, tajriba o`rganish imkoniyatini beradi. Unga ko`ra 4 yillik ta`limning ikki yili O`zbekistonda, ikki yili hamkorlik qilinayotgan mamlakatda amalga oshiriladi. Ushbu dastur bo`yicha ta`lim olgan talabalarga ikki universitetning ham diplomlari beriladi. Ya`ni bunday diplom ham O`zbekistonda, ham xorijda amalda bo`ladi.

Qaysi xorijiy ta`lim muassasalari bilan hamkorlik qilinadi?

Universitet jahonning 13 ta ilg`or oliy ta`lim muassasalarida hamkorlarga ega bo`lib,ular orasida Guylin turizm universiteti (Xitoy), Surakartadagi Saxid politexnika instituti, Guanadarmadagi turizm va mehmondorchilik menejmenti instituti (Indoneziya), Rimsharob tortiq qilish san`ati maktabi (Italiya), Parij turizm akademiyasi (Fransiya), Logistika oliy maktabi (Chexiya), Sochi davlat universiteti (Rossiya) va boshqalar mavjud.

2018/2019 o`quv yili davomida “Ipak yo`li” turizm xalqaro universiteti tomonidan Evropa, Amerika, Avstraliya va Janubi-Sharqiy Osiyoning 14 dan ortiq ilg`or oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi. Butun dunyo bo`ylab joylashgan kompaniyalar, oliy ta`lim muassasalari va tadqiqot institutlari bilan hamkorlik qiladi, bu esa talabalarga, deyarli tekin ravishda, tanlangan ixtisoslik bo`yicha xorijda ta`lim olish va malaka oshirish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, talabalar Erasmus+ dasturlarida qatnashib, stipendiya olish imkoniyatiga ham ega.

Ish topish masalasi qanday yo`lga qo`yiladi?

Statistik prognozlarga ko`ra, “Ipak yo`li”turizm xalqaro universiteti talabalarining 92 foizi o`qishni bitirgandan so`ng 6 oy davomida ish topishlari mumkin. Ish topishda bitiruvchilarga universitet qoshida tashkil etilgan Career Service, ya`ni bitiruvchilar va kichik kurs talabalariga ish topishda ko`maklashuvchi xizmat markazi yordam ko`rsatadi. Career Service markazi talabalar bo`lajak ish beruvchilari bilan tanishishi mumkin bo`lgan ish joylari yarmarkalarini tashkil etib, uning davomida talabalar mutaxassislardan ishga joylashish borasida maslahat olishi hamda manfaatli va foydali malaka oshirish kurslarini tanlashlari mumkin.

Kelgusida Markaz tomonidan talabalarga bo`lajak ish beruvchilar, yangi bo`sh ish o`rinlari, bo`sh ish o`rinlari yarmarkalari haqida ma`lumot olish imkoniyatini beruvchi Silk road careers fair plus maxsus mobil ilovasini yaratish ustida ish olib borilmoqda.

Gulruxsor MURODULLAEVA, talaba:

— “Ipak yo`li” turizm xalqaro universitetining bakalavr yo`nalishiga eng yuqori ball bilan o`qishga qabul qilindim. Turizm — mamlakat taraqqiyoti uchun katta foyda keltiradigan sohadir. Nasib qilsa, o`qishni tamomlab, o`zim qiziqadigan yo`nalish – mehmonxona menejmenti, ommaviy tadbirlar menejmenti bo`yicha etuk kadr bo`lib etishmoqchiman.

Abdulaziz SUYaROV, magistr:

Men ham mazkur universitetning magistratura bosqichiga eng yuqori ball bilan o`qishga qabul qilindim. O`zim Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Mehmonxona xo`jaligini tashkil qilish va boshqarish” yo`nalishida bakalavr bosqichini tamomlaganman. Hamda Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibiman. Bu erda xorijiy o`qituvchilarning ta`lim berishi, o`qitishning kredit tizimi qo`llanilishi meni qiziqtirdi. Kelajakda ilmiy va ijtimoiy hayotda turizm rivojiga hissamni qo`shish niyatidaman. Xalqaro startaplar tajribasini turizm sohasiga kiritmoqchiman.

Bugungi kunda O`zbekistonda turizm sohasidagi ilk oliy ta`lim muassasasi maqomiga ega bo`lgan universitet bejiz Samarqandda joylashmagan. Zero, Samarqand — Markaziy Osiyoning beqiyos mintaqasidir va G`arbda Oksford universiteti egallab kelayotgan mavqega ega. Bu zamin o`z allomalariga ega, Sharqda ilm va bilim markazidir.

MA`LUMOT UChUN

Universitetga quyidagi huquqlar berilgan:

  • ta`lim standartlari, malakaviy talablar, o`quv rejalari va o`quv dasturlari, shuningdek, talabalar bilimlarini baholash tizimini mustaqil ravishda ishlab chiqish;
  • professor-o`qituvchilar tarkibining faoliyat turlari bo`yicha vaqt me`yorlarini belgilash;
  • Universitet ta`lim yo`nalishlari bo`yicha pedagog kadrlarni, shuningdek, turizm sohasi sub`ektlari mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish rejalari hamda dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini ta`minlash;
  • turizm sohasida kadrlarga bo`lgan ehtiyojdan kelib chiqib, Universitet Vasiylik kengashi bilan kelishgan holda yangi istiqbolli o`quv yo`nalishlari va mutaxassisliklarini ochish;
  • bakalavriat, magistratura va oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim yo`nalishlari bo`yicha etakchi xorijiy oliy ta`lim muassasalari bilan qo`shma ta`lim dasturlarini joriy etish.

Xorijliklarga viza bor...

Shuningdek, universitetga jalb etiladigan xorijiy o`qituvchilar, olimlar va mutaxassislar hamda ularning oila a`zolariga kirish vizalari konsullik va boshqa yig`imlar undirilmagan holda, ShHTga a`zo davlatlardan bo`lgan talabalarga esa ularning universitetda butun ta`lim olish davriga uzoq muddatli ko`p martalik kirish vizalari rasmiylashtirilishi ta`minlanadi.

Munisa ALIEVA

Sharhlar

2022 yildan boshlab "Mirzo Ulug`bek vorislari" respublika tanlovi o`tkaziladi

22.01.2022, 11:21

2022 yildan boshlab har yili «Mirzo Ulug`bek vorislari» respublika tanlovi o`tkaziladi.Tanlovni o`tkazishda:I bosqich fevral-mart oylarida tuman (shahar)larda o`tkaziladi va unda eng yuqori natijaga erishgan har...
Talabalarga temir yo`l chiptalari uchun 50 foizli chegirma beriladi

25.12.2021, 21:07

Talaba va o`quvchilarga qo`shimcha imkoniyat va qulaylik yaratish maqsadida, xususan, talabalarni doimiy yashash joylariga borish va qaytishi uchun ichki temiryo`l va aviaqatnovlarga chiptalarni maxsus 50...
Oliy ta`lim vazirligi talabalarga yana bir xushxabarni e`lon qildi

16.12.2021, 08:37

Avvalroq talabalar kontrakt pulini to`lash muddati uzaytirilgani haqida ma`lum qilgan edik. Unga ko`ra, to`lov-kontrakt mablag`larini to`lash 2021 yilning 31 dekabriga qadar mumkin etib qo`yildi.Shuningdek, Oliy...
Ijarada yashovchi talabalar uchun muhim yangilik e`lon qilindi

27.09.2021, 11:07

Talabalarga ijara to`lovining bir qismini qoplab berish tartibi belgilandi.Hukumat Qarori bilan Davlat oliy ta`lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to`lovining bir qismini...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1