Sherzod RAJABOV, Fuqarolik ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tumanlararo sudi raisi:
– Fuqarolik ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tumanlararo sudida 25 sentyabr kuni marhum Jasur Ibrohimovning yaqin qarindoshlari arizasi bo`yicha boshlangan sud jarayonining birinchi majlisi bo`lib o`tdi.
Da`vogarlar – marhum Jasurbek Ibrohimovning otasi Muhammadjon Tursunov va onasi Nilufar Alievaning javobgarlar Islombek To`laganov va uning ota-onasi ustidan yozgan arizasi ko`rildi, taraflarning fikri eshitildi.
Da`vogarlar ko`rgan moddiy va ma`naviy zararini javobgarlardan undirib berishni so`ramoqda. Da`vogar taraf javobgarlardan etkazilgan moddiy zararni qoplash uchun 151 732 760 so`m va farzandining o`limi tufayli ko`rilgan ma`naviy zararni qoplash uchun 500 000 000 so`m talab qilmoqda. Oila javobgarlardan ma`naviy zarar uchun undiriladigan mablag`larni xayriya fondiga o`tkazishni rejalashtirgan. Sudning navbatdagi majlisi 14 oktyabrga belgilandi.
ESLATIB O`TAMIZ:
17 yashar Jasurbek Ibrohimov 2017 yilning 3 mayida Tashkentdagi P.F. Borovskiy nomidagi Tibbiyot kolleji yonida kaltaklangan, shundan so`ng u 5 marta jarrohlik amaliyotdan o`tgan, ammo 1 iyun kuni vafot etgan edi.