Xabaringiz bor, bugun "Kun.uz" muxbiriga hujum qilgan Olmazor tumani hokimi o`rinbosari Abdurasul Vahabov o`z lavozimidan ozod qilindi.
Shu munosabat bilan biz yana bir bor ta`kidlaymizki, Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi har bir jurnalist va blogerni uning huquqlari buzilishidan himoya qilishni davom ettiradi.
ESLATIB O`TAMIZ: Kun.uz muxbirlariga Olmazor tumanining endilikda sobiq «zamhokimi» Abdurasul Vaxabov tomonidan qilingan tajovuz dastlab Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan «hech qanday jinoyat alomatlari yo`q» tamg`asi ostida «yopti-yopti» qilingan edi.
Hokim o`rinbosari Kun.uz muxbirlarini o`ta og`ir jinoyat — hokimiyat vakilini pora evaziga og`dirib olishga urinishda ayblab chiqqan edi. Bu ayblov jiddiy tarzda tekshirilishi talab etilsa-da, Olmazor tuman prokuraturasi jurnalist R.Isroilovning bu boradagi da`vosini hattoki o`rganmagan edi.
Biroq, haqiqat qaror topdi. A.Vaxabov ishdan olindi. Ammo AOKA bunga befarq bo`lmadi. Agentlik bosh direetori Komil Allamjonovning yuqoridagi munosabati ana shundan dalolat.