Farg`ona viloyatining Marg`ilon shahridagi “Erkin Vohidov nomli ijodkorlar”bog`ida “Ayollar ijtimoiy himoyasi-ijtimoiy faollik poydevori” mavzusida forum tashkil etildi. Anjumanda O`zbekiston XDP Farg`ona viloyat hamda Marg`ilon shahar kengashi mas`ullari, shahar xotin-qizlar qo`mitasi raisi, deputat ayollar, partiyaning faol xotin-qizlari, sog`liqni saqlash bo`limi, “Sog`lom avlod uchun” Xalqaro xayriya fondi, “Mahalla” jamoat fondining joylardagi mas`ul xodimlari, og`ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, nogironligi bo`lgan, ish bilan ta`minlanmagan, kam ta`minlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda xotin-qizlarning bandligini ta`minlash, ular o`rtasida oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni rivojlantirish bo`yicha amaliy ishlarni bajarish, ularning banklardan imtiyozli kredit olishlari uchun ko`maklashish, notinch va ehtiyojmand oilalardagi kasalligi, shu jumladan reproduktiv salomatligi bilan bog`liq kasalligi bor bo`lgan shaxslarni aniqlash va ularga manzilliy tibbiy yordam ko`rsatish, ularning davolanishlari, tibbiy ko`rikdan o`tishlari uchun tavsiya va yo`llanmalar berish va ayollarning boshqa muammolarini aniqlab, bartaraf etish bo`yicha dolzarbfikr mulohazalar bildirildi. Vazifalarni amalga oshirish bo`yicha ishlar bajarilishi ta`kidlab o`tildi.
Anjuman davomida aholini ish bilan band bo`lmagan qatlamlari uchun mehnat yarmarkasi, va tibbiy ko`rik tashkil etildi.O`tkazilgan mehnat yarmarkasida 36 ta korxona va tashkilotlar 365 ta bo`sh ish o`rinlari bilan ishtirok etishdi. Yarmarka davomida 45 ta fuqaroga ishga joylashish uchun yo`llanmalar berildi.
Fotima O`KTAMOVA.