1

Go`sht va boshqa mahsulotlar: bozorlarimizda narx-navo qanday?

Iqtisodiyot 28.09.2019, 19:45
Go`sht va boshqa mahsulotlar: bozorlarimizda narx-navo qanday?

Davlat statistika qo`mitasi tomonidan mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2019 yil 24 sentyabr kuni o`tkazilgan kuzatuv natijalari bo`yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari ma`lum bo`ldi.

Mol go`shti (lahm go`shtidan tashqari) 32 000 so`mdan 55 000 so`mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko`ra, 1 kg mol go`shtining (suyaksiz go`shtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da qayd etilgan (32 000 so`m). Mol go`shtining maksimal narxlari esa Toshkent shahrining “Eski jo`va dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”, “Qo`yliq dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (55 000 so`m).

Qo`y go`shti 35 000 so`mdan 60 000 so`mgacha (kg)

Qo`y go`shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko`ra Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da (35 000) so`mdan ro`yxatga olingan. Maksimal narxlari esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (60 000) so`mdan kuzatildi.

Kartoshka 1 200 so`mdan 4 000 so`mgacha (kg)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko`ra, kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da (1 200 so`mdan), maksimal narxlari esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (4 000 so`m) qayd etildi.

Piyoz 1 000 so`mdan 3 000 so`mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko`ra, piyoz mahsulotining minimal narxlari Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Eski jo`va dehqon bozori”da (1 000) so`mdan kuzatildi. Maksimal narxlari esa Namangan shahrining “Namangan Chorsu dehqon universal bozori”, Urganch shahri “Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (3 000 so`m).

Sabzi 1 500 so`mdan 5 500 so`mgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko`ra Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Farg`ona shahri “Farg`ona shahar markaziy dehqon bozori”da (1 500) so`mdan qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (5 500) so`mdan kuzatildi.

Tuxum 5 000 so`mdan 10 000 so`mgacha (10 dona)

Tuxum mahsuloti kuzatuv natijasiga ko`ra, minimal narxi Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da kuzatildi (5 000 so`m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da qayd etilgan (10 000 so`m).

Guruch 5 700 so`mdan 18 000 so`mgacha (kg)

Guruch mahsulotlari kuzatuv natijalariga asosan, minimal narx Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (5 700 so`mdan), maksimal narx esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi 18 000 so`m).

O`simlik yog`i 8 500 so`mdan 13 500 so`mgacha (1 l.)

O`simlik yog`i mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko`ra, minimal narxi Buxoro shahrining “Buxoro markaziy dehqon bozori”, Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” va Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (8 500) so`mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da (13 500) so`mdan kuzatildi.

Shakar 5 000 so`mdan 6 500 so`mgacha (kg)

Shakar mahsuloti kuzatuv natijasiga ko`ra, minimal narxi Toshkent shahrining “Qo`yliq dehqon bozori”da (5 000) so`mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Termiz shahrining “Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori”, “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da (6 500) so`mdan kuzatildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1