1

O`zbekistonda ilk bora organik paxta etishtirildi

Iqtisodiyot 29.09.2019, 11:20
O`zbekistonda ilk bora organik paxta etishtirildi

O`zbekiston Respublikasida birinchi marotaba “TEXTILE TECHNOLOGIES GROUP” MChJ XK Chinoz klasteri tomonidan organik paxta etishtirildi. Qishloq ho`jaligi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ekologik toza mahsulot bo`lgan ushbu organik paxtani endilikda jahon va Evropa bozoriga eksport qilish imkoni paydo bo`ladi. Bolgariyadan tashrif buyurgan “CONTROL UNION” tashkiloti inspektor-auditori Ekaterina Tomeva mahsulotning sifat darajasini ko`zdan kechirib, unga yuqori baho berdi va mahsulotdan nafaqat oliy navli tola, balki chigitidan ekologik toza paxta yog`i olinishi mumkinligini ham alohida qayd etdi.

Ekaterina Tomeva xonim yurtimizda etishtirilgan ushbu noyob organik paxta mahsuloti jahon va Evropa bozoriga chiqishi uchun sertifikatga loyiq ekanligiga hamda bozorda raqobatbardosh bo`la olishiga, shuningdek, sifat darajasi bo`yicha bozordagi narxi bir yarim barobar qo`shimcha qiymatga ega bo`lishiga ishonchi komil ekanligini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1