1

“O`zbekiston” mehmonxonasi narxi 10 mln. dollarga arzonlashtirildi

Iqtisodiyot 29.09.2019, 18:00
“O`zbekiston” mehmonxonasi narxi 10 mln. dollarga arzonlashtirildi

“O`zbekiston” mehmonxonasi narxi uchinchi bor tushirildi. Bu gal u dastlabki qiymatidan qariyb 10 mln. dollarga arzonlashtirildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Unda qayd etilishicha, uning narxi dastlabki qiymatidan qariyb 10 mln. dollarga arzonlashtirilgan.

Agentlik Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 avgustdagi “Mehmonxona sohasiga qo`shimcha investisiyalarni jalb etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq mehmonxona kompleksini sotish bo`yicha oshkora tanlov savdolariga taklif etgan.

Eslatib o`tamiz, “Otel Oʻzbekiston” MChJqo`shma korxonasining 80,13 foiz aksiyalar paketi fevral oyida 33 mln. dollarga baholanib, sotuvga chiqarilgan edi. Keyinchalik uning narxi dastlab 29,7 mln., keyin 26,4 mln. dollargacha tushirilgan edi. Ayni paytga kelib ushbu paket qiymati 23,1 mln. dollargacha arzonlashtirildi. Bu boradagi yagona majburiyat – mablag`lar uch yil ichida to`lanishi kerak.

Xaridor “O`zbekiston” majmuasi hududidagi erdan infratuzilma ob`ektlari va bino bilan birgalikda 99 yilga foydalanish huquqiga ega bo`ladi.

Xaridor ikki yil davomida 100 mlrd. so`m investisiya kiritish majburiyatini oladi. Bu mablag`lar modernizasiya va zarurat tug`ilsa mehmonxonani rekonstruksiya qilishga yo`naltiriladi.

Uning yangi egasi o`n yil davomida asosiy faoliyat turi (mehmonxona xizmatlari)ni yo`lga qo`yishi, binoning fasad qismini saqlab qolishi, mehmonxonani boshqarish uchun eng yaxshi menejerlarni jalb etishi shart. Tanlovda ishtirok etish uchun boshlang`ich narxning 15 foizi miqdorida dastlabki to`lov to`lash lozim.

Bu galgi savdolar 14 oktyabr kuni bo`lib o`tadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1