AsosiyMadaniyat

Oktyabrda Rossiyada o`zbek filmlari haftaligi bo`lib o`tadi

'Oktyabrda Rossiyada o`zbek filmlari haftaligi bo`lib o`tadi'ning rasmi

O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi o`zaro aloqalar yildan-yilga kengayib, ikki davlat o`rtasida diplomatik aloqalar va do`stlik rishtalari tobora mustahkamlanmoqda. Barcha sohalarda, ayniqsa, madaniyat va san`at sohasida hamkorlik izchil rivojlanmoqda.

Ana shu an`ananing davomi sifatida joriy yilning 1-5 oktyabr kunlari Rossiyaning Moskva va Qozon shaharlarida “O`zbek kinosi kunlari” o`tkaziladi.

Mazkur haftalik Rossiya Federasiyasi Madaniyat vazirligi, O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi, “O`zbekkino”, “Festsinema” va “Dom kino” tomonidan tashkillashtirilmoqda.

Filmlar namoyishiga kirish bepul bo`ladi.

Haftalik davomida 14 ta o`zbek filmi, jumladan 4 ta hujjatli film namoyish qilinadi.

    Boshqa yangiliklar