1

"Pensiya miqdori oshirilishi faqat ko`p pensiya oluvchilarga taalluqlimi?"

Savol-javob 30.09.2019, 12:34
"Pensiya miqdori oshirilishi faqat ko`p pensiya oluvchilarga taalluqlimi?"

— 80 yoshli I guruh nogironiman. 2018 yil 12 dekabrdagi Prezident Farmoniga ko`ra, pensiyani hisoblashda ish haqining maksimal miqdori eng kam oylik ish haqining 8 barobaridan 10 barobarigacha oshirilgandi. Oddiy mehnatkashlar xursand bo`lgandik, biroq shodligimiz uzoqqa cho`zilmadi. 1 mln. so`m va undan ko`proq pensiya oladiganlarga pul qo`shildi, xolos. "Darakchi" gazetasining iyun oyidagi sonida mehnatga haq to`lashning eng kam miqdori, bazaviy hisoblash miqdori va pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoriga ko`ra qo`shiladigan summa yozilgandi. Bu ham ko`p miqdorda pensiya oluvchilarga taalluqlimi?

Zarif Saparov, Surxondaryo viloyati Angor tumani

Farrux SULAYMONOV, Pensiya jamg`armasining ijro etuvchi apparati bo`lim boshlig`i o`rinbosari:

— Pensiya miqdori ish staji va ish haqi miqdoriga bog`liq. Prezidentimizning 2018 yil 12 dekabrdagi “Fuqarolarning pensiya ta`minoti tizimi samaradorligini oshi­rish va pensionerlarni ijtimoiy qo`llab­quvvatlashni kuchaytirishga oid qo`shimcha chora­tadbirlar to`g`risida”gi 5597­son Farmoniga asosan, 2019 yil 1 yanvardan pensiyani hisob­kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdorini eng kam oylik ish haqining 8 barobaridan 10 barobarigacha oshirildi. Shundan kelib chiqqan holda, 2019 yilning 1 yanvaridan pensiyani hisoblashda qabul qilinadigan ish haqining maksimal miqdori oshirilishini hisobga olgan holda pensiyalar miqdori qayta hisoblab chiqildi.

Prezidentimizning 2019 yil 21 maydagi “Mehnatga haq to`lash, pensiyalar va boshqa to`lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to`g`risida”gi PF­5723­son Far­moni mehnatga haq to`lash miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish hamda mehnatga haq to`lash, pensiyalar tayinlash hamda soliqlar, davlat bojlari, jarimalar, yig`imlar va boshqa to`lovlarni undirish o`rtasidagi shartlar­ning bog`liqligini bartaraf etish maqsadini o`zida kasb etadi.

2019 yil 1 sentyabrdan boshlab ish haqining eng kam miqdori o`rniga:

mehnatga haq to`lashning eng kam miqdori;

► bazaviy hisoblash miqdori;

► pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori joriy etildi. Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori pensiya ta`minoti sohasida pensiyalar, ustamalar, qo`shimcha haq va kompensasiya to`lovlari, shuningdek, xodimlarning mehnatda mayib bo`lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki ular o`zlari mehnat vazifalarini bajarish bilan bog`liq holda sog`lig`ining boshqacha tarzda shikastlani­shi sababli etkazilgan zararni qoplashda qo`llaniladi.

Prezidentimizning 2019 yil 12 iyuldagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshi­rish to`g`risida”gi PF­5765­son Farmoniga muvofiq, 2019 yilning 1 avgustidan boshlab pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshirildi.

Shuningdek, 2019 yilning 1 avgustidan boshlab:

II guruh nogironligi bo`lgan shaxslarning nogironlik pensiyalari eng kam miqdori yoshga doir eng kam pensiyaning 75 foiziga oshirildi;

II guruh nogironligi bo`lgan yolg`iz shaxslar — pensionerlarning pensiyalariga ustama miqdori eng kam ish haqining 75 foiziga oshirildi;

boquvchisini yo`qotganlik nafaqasi miqdori mehnatga layoqatsiz oila a`zolari soniga amaldagi foizlar nisbati saqlangan holda yoshga doir pensiya­ning eng kam miqdoridan kelib chiqib belgilandi;

I guruh nogironlik nafaqasi, shuningdek, 16 yoshdan katta, bolalikdan I guruh nogironlik nafaqasi oluvchilarga har oyda eng kam ish haqining 25 foizi miqdorida qo`shimcha to`lov joriy qilindi.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1