1

"Koloniyada ishlagan yillarim ish stajiga qo`shiladi?"

Savol-javob 30.09.2019, 12:41
"Koloniyada ishlagan yillarim ish stajiga qo`shiladi?"

— Yoshim 56 da. 1980 yildan 1984 yilgacha, 1986 yildan 1988 yilgacha jinoyat sodir etib qamalganman. 18 yoshga to`lgunimga qadar koloniya­da to`rxalta, so`ng tikuv sexida ish qo`lqopi to`qiganman. 1986 yildan 1988 yilga qadar g`isht zavodida ishlaganman, vagondan g`isht tushirib taxlardim. Toshkent truba zavodida 8 yillik ish stajim bor. Shu ishlagan yillarim ish stajiga kiritiladimi? 10 yil oldin temiryo`l sohasida 24 va 12 foiz zararli sexda 3 yarim yil ishlaganman. Bu bo`yicha ham imtiyoz bormi?

Anvar Badalov, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani

Farrux SULAYMONOV, Pensiya jamg`armasining ijro etuvchi apparati bo`lim boshlig`i o`rinbosari:

— 2019 yil 1 yanvar­ga qadar bo`l­gan davr uchun faoliyat turi, mulk va xo` jalik yuritish shakllari­dan qat`i nazar, xodim dav­lat tomonidan ijtimoiy sug`urtalangan holda bajar­gan har qanday ish, agar u Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasiga sug`urta ba­dallari to`lagan bo`lsa ish stajiga qo`shib hisoblanadi.

Jinoyat­ijroiya kodek­si 96­moddasiga asosan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar­ning ish haqidan davlat ijtimoiy sug`urtasiga ajratmalar ajratilmaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mahkumlarni jazoni o`tash davri ish sta­jini hisoblashga inobatga olinmaydi.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1