1

Ma`muriy nazorat kimlarga qanday tartibda qo`llaniladi?

Savol-javob 30.09.2019, 13:02
Ma`muriy nazorat kimlarga qanday tartibda qo`llaniladi?

— Prezidentimiz tomonidan joriy yil 2 aprelda "Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma`muriy nazorat to`g`risida"gi qonun imzolandi. Mazkur ma`muriy nazorat instituti kimlarga nisbatan qanday tartibda qo`llaniladi?

Sardor Odilov, Farg`ona shahri

Durdona DADAXONOVA, Jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tumani sudining sudyasi:

— Qonunga ko`ra, sud tomonidan o`ta xavfli residivist deb topilgan shaxs larga, og`ir yoki o`ta og`ir jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxslarga, har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki yoki undan ortiq marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxslarga nisbatan sud tomonidan ma`muriy nazorat o`rnatilishi mumkin. Jinoyat kodeksiga binoan, og`ir yoki o`ta og`ir jinoyat hisoblanadigan qilmishlarni sodir etganlik uchun boshqa davlat hududida ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni o`tagan voyaga etgan shaxslarga nisbatan tegishli asoslar mavjud bo`lganda ham, sud tomonidan ma`muriy nazorat o`rnatiladi. Shuningdek, ma`muriy nazorat ostidagi shaxslarga nisbatan sudning sodir etilgan qilmishning xususiyati hisobga olingan holdagi qarori asosida muayyan ma`muriy cheklovlar qo`llaniladi.

Qonunda ma`muriy nazoratni o`rnatish, amalga oshirish, uzaytirish, tugatish, ma`muriy cheklov-larni qisman bekor qilish masalalari tartibga solingan. Ma`muriy nazorat o`rnatish zarurligi to`g`risidagi taqdimnoma 10 kundan kechiktirmay JIB tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan ichki ishlar organi vakili va ma`muriy nazorat o`rnatish masalasi ko`rib chiqilayotgan shaxs ishtirokida ko`rib chiqiladi va ma`muriy nazorat bir yil muddatga o`rnatiladi.

Nazorat ostidagi shaxs ma`muriy huquqbuzarlik sodir etgan taqdirda, ma`muriy nazorat muddati ichki ishlar organining taqdimnomasi asosida sud tomonidan olti oygacha, lekin sudlanganlik holatining tugallanishi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi muddatlaridan ortiq bo`lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.

Sudning ma`muriy nazorat o`rnatish, uning mud-datini uzaytirish yoki muddatidan ilgari tugatish yoxud ma`muriy cheklovlarni qisman bekor qilish to`g`risidagi qarorlari ustidan ham yuqori turuvchi sudga shikoyat berilishiga yo`l qo`yiladi.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1