"O`z ixtisosligim bo`yicha ishga qabul qilishmayapti"

Savol-javob 30.09.2019, 13:17
"O`z ixtisosligim bo`yicha ishga qabul qilishmayapti"

— Yoshim 49 da. Akusherlik ixtisosligi bo`yicha diplomim bor. 2017 yil 3 oy akusherlik ishi bo`yicha malaka oshirdim. 2019 yil Pastdarg`om tuman Markaziy shifoxonasiga vaqtinchalik farrosh qilib ishga olishdi. Oila boquvchisiman, 0,5 stavka hovli supuruvchilik bilan ro`zg`or tebratib bo`ladimi?

Nigora Hasanova, Samarqand viloyati Pastdarg`om tumani

D. BABAEV, Sog`liqni saqlash vazirligi Kadrlar boshqarmasi boshlig`i:

— Samarqand viloyati Pastdarg`om tuman tibbiyot birlashma-sining tegishli soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi tomonidan o`rganildi. Pastdarg`om tuman tibbiyot birlashmasining buyrug`iga asosan N.Hasanova Ko`p tarmoqli markaziy polikli-nikada stomatolog hamshirasi vazifasiga ishga qabul qilindi.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1