Birorta vakolatli organdan sado chiqmayapti

Savol-javob 30.09.2019, 13:55
Birorta vakolatli organdan sado chiqmayapti

— Urush yillarida qishlog`imizdan 48 kishi urushga safarbar qilingan. O`tganlarni unutmaslik maqsadida 1982 yil menga xotira muzeyi tashkil etish topshirildi. 2 yil qurilish ishlari olib borildi, 1985 yilda muzey ishga tushdi. 48 urush qatnashchisining 250 dan ortiq tarixiy hujjatlari, rasmlari bor. Har yili xatmi Qur`on o`qilib, osh tortiladi. Muassasa vaqt o`tishi bilan yordamga muhtoj bo`lib qoldi. 35 yillik umrimni shu muzeyga bag`ishladim, biroq birorta vakolatli organdan sado chiqmayapti...

Ibrohim Rahimberdiev, Farg`ona viloyati Uchko`prik tumani

Umidjon QO`QONBOEV, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining o`rinbosari:

— Haqiqatan ham, Uchko`prik tumani “Sobirjon” MFY Dehqonobod qishlog`ida xalq tomonidan 1985 yilda Xotira muzeyi tashkil etilib, jamoatchilik muzeyi sifatida ro`yxatga olingan. Unda 2-jahon urishi davrida shu qishloqdan frontga jalb qilingan 48 nafar askar, bir necha Afg`on urushi qatnashchilariga tegishli suratlar, ma`lumotlar, xatlar, frontdan olib kelingan yaroqsiz holdagi jang qurollari va mehnat qurollaridan iborat 250 ga yaqin eksponatlar saqlanib kelinmoqda. Muzey tashkil etilganidan so`ng o`sha davrdagi “Komsomol” kolxozi tizimidagi jamoatchilik muzeyi sifatida ro`yxatga olingan. Mustaqillik yillarida kolxozlarni tugatish jarayonida (1998-2002 y.) muzeyning taqdiriga oydin-lik kiritilmay qolgan. Oqibatda muzey egasiz bo`lib, faqatgina xat muallifining tashabbuskorligi tufayligina muzey tutib turilgan. Shunga qaramay, muzey ekspozisiyasi ma`naviy eskirib, jihozlar yaroqsiz holga kelgan. Muzeyda qo`riqlash va xavfsizlik tizimi yo`q. I.Rahimberdiev bir necha bor vakolatli organlarga murojaat yo`llagan. Ijobiy javoblarga qaramay, mu-zeyda o`zgarishlar kuzatilmagan. Uchko`prik tuman hokimi o`rinbosari G`ayrat Abdullaev bilan uchrashib, masala yuzasidan muhokama olib bordik. G`.Abdullaev muzeyni jihozlashga homiylar biriktirilishi to`g`risida tuman hokimi bilan kelishib olinganini ma`lum qildi.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1