Huquqi buzilgan fuqaroning murojaati ijobiy hal bo`ldi

Savol-javob 30.09.2019, 14:03
Huquqi buzilgan fuqaroning murojaati ijobiy hal bo`ldi

— 2018 yili ijaraga mashina olish istagida yurgan kezlarim, taksi xizmati bilan shug`ullanuvchi bir firmaga ishchi kerakligini eshitib qoldim. Borganimda mas`ullardan biri mashina olishim mumkinligini aytib, sug`urta uchun mendan 2 mln. so`m oldi. Isbot uchun hujjat o`rniga mashina kalitini tutqazdi. Ertadan ishga chiqishim mumkinligi, har kun 170 ming so`m “plan” topshirishim shartligi, 1 oyda 2 kun dam olishim mumkinligi, maosh to`lanishini aytishdi. 2 oy o`tgach ham na maosh va na dam olishga ruxsat berishdi. 7 oy o`tgach esa qattiq betob bo`lib qoldim. 3-4 kun o`tgach, uyimga ishdan bo`shatilganim haqida xat keldi. Vaholanki, 7 oyda 36.890.000 so`m “plan” topshirganman. Bir necha tegishli tashkilotlarga murojaat qildim, “qonun buzilish holati yo`q”, degan javobni oldim. Oxirgi umidim sizlardan.

U.B., Toshkent shahar

Bahriddin VALIEV, Toshkent shahar prokurori:

— Aniqlanishicha, U.B. “Future Taxi Service” MChJga 2018 yil 1 noyabrdan mehnat shartnomasi-ga asosan haydovchi vazifasiga ishga qabul qilingan va 2019 yil 10 yanvarga qadar mazkur MChJda faoliyat yuritgan. U.B.ning 2019 yil 10 yanvarda o`z xohishiga ko`ra ishdan bo`shatishni so`rab yozgan arizasiga asosan shu kuni u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Murojaatni ko`rib chiqish davomida, MChJ direktori K.A. tomonidan Mehnat kodeksining 108, 161-moddasi talablari buzilgani aniqlanib, unga nisbatan MJtKning 49-moddasi 1-qismiga asosan ma`muriy javobgarlik qo`llanilishi va MChJ tomonidan murojaat muallifiga mehnat daftarchasini berilishi ta`minlandi.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1