Sudlanganlarning farzandi ishga olinmaydimi?

Savol-javob 30.09.2019, 14:21
Sudlanganlarning  farzandi ishga olinmaydimi?

— Sudlanganim bolalarim kelajagiga juda ko`p ta`sir ko`rsatyapti. Bolalarim oliy ma`lumotli, biroq qaerga ish bo`yicha murojaat qilishsa, mening sudlanganim sababli ishga olishmayati. Shu to`g`rimi?

Bahrom Musaev, Toshkent viloyati

Anvar YoRIEV, Fuqarolik ishlari bo`yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudi sudyasi:

— Mehnat kodeksining 80-moddasida ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsga talab qilinadigan hujjatlar belgilangan. Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida ko`rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Agar ishga kirayotgan shaxsning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati haqiqiy bo`lmasa, uni ishga qabul qilish rad etilishi mumkin.

Ushbu Kodeksning 78-moddasida esa muqaddam sudlangan shaxslarni ishga qabul qilmaslik (bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno) yoxud shaxslarni ularning yaqin qarindoshlari sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilmaslik ishga qabul qilishni g`ayriqonuniy ravishda rad etish deb hisoblanishi belgilangan.

Mazkur asos bilan ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, xodimning talabi bilan ish beruvchi ishga qabul qilishni rad etishning sababini asoslab, 3 kun muddat ichida yozma javob berishi shart. Bu javob ishga qabul qilish huquqiga ega bo`lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan bo`lishi lozim. Asoslantirilgan javob berish haqidagi talablarni qondirishni rad etish xodimning ishga qabul qilish g`ayriqonuniy ravishda rad etilgani ustidan shikoyat qilishiga to`siq bo`lmaydi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, farzandlaringizni ishga qabul qilish sudlanganingiz sababli rad etilgan taqdirda buzilgan huquqlarini tiklash uchun fuqarolik ishlari bo`yicha sudga murojaat qilish mumkin. Agar sud tashkilot ishga qabul qilishni rad qilganini g`ayriqonuniy deb topsa, tashkilotga ishga qabul qilish yoki tiklash majburiyatini yuklatishi mumkin.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1