Nikaraguada Atlantika va Tinch okeanlarini birlashtiruvchi kemalar qatnaydigan kanal qurilishi boshlandi, deya xabar bermoqda "Daryo" nashri Associated Press'ga asoslanib.
Xitoyning NKND Group kompaniyasi barpo etadigan suv yo`li Panama kanali muqobili bo`lishi kutilmoqda. Nikaragua etakchisi Daniel Ortega xalqqa telemurojaat bilan yuzlanib, loyiha Nikaragua va butun Markaziy Amerikadagi iqtisodiy vaziyatni o`zgartirishini aytdi.
Kanal Tinch okeani qirg`og`idagi Brito daryosi etaklaridan boshlanib, Atlantikadagi Punta-Gorda daryosi etaklarigacha borishi rejalashtirilmoqda. Kanalning umumiy uzunligi 278 metrni tashkil etadi, chuqurligi 26—30 metr, kengligi 230—530 metrga teng bo`ladi. Kanaldan o`tish uchun jami 30 soat talab etiladi. Bir yilda u orqali 5 mingtagacha kemalar qatnaydi.
Kanaldan foydalanish 2019 yilda boshlanadi, qurilish ishlari 2029 yilda tugallanadi. Loyihaning umumiy qiymati 40 milliard dollar deb baholanmoqda.