1

Samarqandda 7 ming gektar o`rmon barpo etiladi

Iqtisodiyot 01.10.2019, 14:18
Samarqandda 7 ming gektar o`rmon barpo etiladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi Farmoniga muvofiq, o`rmon fondi erlarini fuqarolar va qishloq xo`jaligi korxonalariga investisiyaviy shartnoma yoki davlat xususiy sheriklik asosida 50 yilgacha bo`lgan muddatga berishga ruxsat berilgandi.

Davlat rahbarining shu yil 23 avgustdagi “Respublikada o`rmonlardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori bilan yuridik va jismoniy shaxslarga qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish belgilandi. Hujjatga asosan rekonstruksiya qilishga ruxsat berishda davlat o`rmon xo`jaligi bilan tuzilgan shartnomalar o`rmondan foydalanuvchi yoki ijaraga oluvchining er uchastkasiga bo`lgan huquqini tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi.

Qaror asosida 2020-2024 yillarda daraxt va butalarning urug`larini tayyorlash, nihol hamda ko`chatlar etishtirish, tut daraxtini ko`paytirish, o`rmon fondi erlarida hududlar bo`yicha o`rmon barpo etish rejalashtirilgan. Shuningdek, chorvachilik, parandachilik va asalarichilikni rivojlantirish, qishloq xo`jalik mahsulotlari, tumanlar davlat o`rmon xo`jaliklarida dorivor o`simliklar etishtirish va tayyorlash ko`rsatkichlari ham aniq belgilangan. Shu yillar davomida meliorasiya ob`ektlari atrofida hamda qishloq xo`jaligi erlarida hosildorlikni ko`paytirishga yo`naltirilgan shamol va suv eroziyalaridan himoyalash uchun ihota daraxtzorlari barpo etish rejalari ishlab chiqildi.

Rejaga asosan, 2020-2024 yillarda Samarqand viloyatidagi 9 ta o`rmon xo`jaligida 200 ming kilogramga yaqin daraxt va buta urug`lari, 52 ming dona nihol va ko`chat, 18 ming tup tut ko`chatlari tayyorlanadi. Shuningdek, qariyb 7 ming gektar o`rmon barpo etiladi, 13 ming bosh mayda shoxli chorva mollari, 50 ming bosh parranda, 17,5 ming asalari oilasi boqilishi yo`lga qo`yiladi. 13 ming gektardan ortiq maydonda 53 ming tonnadan ortiq qishloq xo`jalik mahsuloti, 8,2 million so`mlik dorivor va boshqa ozuqabop o`simliklar ishlab chiqariladi, 700 gektar maydonda ihota daraxtzorlari barpo etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1