1

Go`sht narxi bo`yicha statistika ishonchlimi?

Iqtisodiyot 01.10.2019, 15:10
Go`sht narxi bo`yicha statistika ishonchlimi?

30 sentyabr kuni, Davlat statistika qo`mitasi vakillari ishtirokida Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida matbuot anjumani tashkil etildi. Mutasaddilar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo`layotgan go`sht narxidagi noaniqliklar bo`yicha rasmiy izoh berildi.

Qo`mita raisi o`rinbosari Mahmudjon Ziyodullaev ushbu yo`nalishda statistika qay tartibda yuritilishi haqida axborot berdi.

«Statistika qo`mitasi xodimlari tomonidan markaziy dehqon bozorlarida har seshanba kuni 9 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, go`sht narxlari bo`yicha ma`lumotlar yig`iladi. 10 sentyabr kuni o`tkazilgan kuzatuv natijalariga ko`ra, go`sht narxi o`rtacha 32 ming so`mdan 55 ming so`mgacha, deb belgilangan.

Nukus bozorlarida go`sht narxi haqiqatan ham 32 ming so`mni tashkil qiladi. Ko`pchilik bunga ishonmaydi va statistika ma`lumotlarini ishonchsiz, deb baholayapti.

Yana shunday e`tirozlar bo`ladi: go`sht narxi supermarketlarda 55 mingdan ham qimmat. Bu hisobga olinmaydimi?

"Biz kuzatuv ishlarini faqat markaziy dehqon bozorlarida olib boramiz, supermarketlarda emas. Go`sht 70- 80 ming so`mdan sotilayotgan savdo rastalari bor, lekin juda kam. Shuning uchun bu raqamlar umumiy hisob-kitoblarda aks ettirilmaydi. O`rtacha olganda, eng ko`p kuzatilgan narx-navo 32 ming so`mdan 55 ming so`mgacha. Shuning uchun bu raqam asos qilib olindi", deya fikr bildirdi mutaxassislar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1