1

Hokimning harakati to`g`rimi?

Savol-javob 02.10.2019, 12:49
Hokimning harakati to`g`rimi?

— 1975-1977 yillarda uy-joy qurilish tashkilotlari bor edi. 1976 yil o`sha tashkilotdan tayyor uy olganman, ka- dastr qilingan. Biroq hokimning qarori yo`q. Arxivga borsam, topilmadi. Hozir hokim uyning qarorini so`rayapti, yo`qsa noqonuniy, deb topar emish. Erni kolxozdan emas, tashkilotdan olganmiz. Hokimning harakati to`g`rimi?

Shonazar Ro`ziboev, Samarqand viloyati Paxtachi tumani

Dilorom RIZAEVA, Davergeodezkadastr qo`mitasi Davlat kadastrlari yagona tizimi bo`limi boshlig`i:

Hokimning harakati bir tomondan to`g`ri, lekin 1976 yildan buyon yashayotgan uyni uy-joy qurilish tashkiloti tomonidan qurilgan bo`lsa-da, fuqarolarga sotish uchun hokimiyat balansiga topshirish kerak edi. Shundan so`ng hokimiyat balansidan fuqarolar hokim qaroriga asosan sotib olishi mumkin.

Lekin mazkur huquqiy hujjatlari mavjud bo`lmagan uy-joylarga nisbatan Prezidentimiz tomonidan 2018 yildan 2019 yil 1 may oyigacha e`lon qilingan umumdavlat aksiyasi doirasida hokimning qarorini qabul qilish va mulk huquqini e`tirof etish imkoniyati yaratilgan edi. Mazkur imkoniyatdan foydalana olmaganingiz bois qonuniy harakat qilolmaysiz.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1