1

Oshmagan pensiyalar qayta hisob-kitob qilinadimi?

Savol-javob 02.10.2019, 13:20
Oshmagan pensiyalar qayta hisob-kitob qilinadimi?

— 2016 yil 42 yil­ lik ish staji bilan pensiyaga chiqqanman. 1 mln. 178 ming so`m pensiya olaman. Hatto mahallada ishlaganlar men bilan teng pensiya olishadi. Pensiya jamg`armasidagilar “osh­ magan pensiyalar qayta hisob­ kitob qilinadi”, deyishgandi. Shu rostmi?

Imomali Ortiqov, Toshkent viloyati Angren shahri

Farrux SULAYMONOV, Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg`armasining ijro etuvchi apparati bo`lim boshlig`i o`rinbosari:

— O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiya­ lar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to`g`risida”gi Farmonlariga muvofiq 2018 yilda pensiyalar va nafaqalar miqdorlari 2 marotaba oshirildi. Ushbu Farmonlardan kelib chiqqan holda sizning pensiyangiz miqdorlari ham oshirildi, ya`ni 2018 yilning 15 iyulidan 7 foizga (1 032 080 so`m), 2018 yil 1 noyabrdan 10 foizga (1 135 288) oshirildi. O`rnatilgan tartibda (ish joyi va Xalq banki orqali) to`lab berilgan.

Prezidentimizning 2018 yil 12 dekabrdagi “Fuqarolarning pensiya ta`minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo`llab­quvvatlashni kuchaytirishga oid qo`shimcha chora­-tadbirlar to`g`risida”gi PF­5597­son Farmonida 2019 yil 1 yanvardan pensiyani hisob­kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdorini eng kam oylik ish haqining 10 barobarigacha oshirish va pensiyalar miqdori qayta hisoblash belgilandi. Ushbu Farmon talabidan kelib chiqan holda 2019 yil 1 yanvardan pensiyangiz miqdori 1.178.572 so`mni tashkil etgan.

Prezidentimizning navbatdagi Farmoniga muvofiq 2019 yilning 1 avgustidan pensiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshirildi va sizning pensiyangiz miqdori 1.296.429 so`mni tashkil etdi.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1