1

O`rtacha daromadni hisoblashda pensiyaning qanday aloqasi bor?

Savol-javob 02.10.2019, 14:10
O`rtacha daromadni hisoblashda pensiyaning qanday aloqasi bor?

— 2019 yil bolali bo`ldim. Erim va men ishsizmiz. 2 yoshgacha beriladigan bola puli olmoqchi edik. Biroq otam va onamning pensiyasini qo`shib hisoblashdi. Natijada “daromad ko`p chiqdi”, deya bola puli to`lamayapti. O`rtacha daromadni hisoblashda otam va onam pensiyasining qanday aloqasi bor?

Turdibika Kurbaniyozova, Qoraqalpog`iston Respublikasi Chimboy tumani

Farrux SULAYMONOV, Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg`armasining ijro etuvchi apparati bo`lim boshlig`i o`rinbosari:

— Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kam ta`minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida”gi Nizomga aso- san, bola 2 yoshga to`lgunga qadar bola parvarishi bo`yicha nafaqa tayinlash va to`lash amalga oshiriladi.

Bolali oilalarga bola parvarishi bo`yicha nafaqa olish uchun oila tarkibiga: bolalarning otasi, onasi yoki nikohdagi har ikki ota-onasi, bolalarning ular bilan birgalikda yashaydigan bobo va buvisi kiritiladi. Oilaning birgalikda yashovchi a`zolari tarkibi fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organi tomonidan belgilanadi. O`rtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan oilaning jami daromadiga oila a`zolari tomonidan olingan pensiyalar ham kiritiladi.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1