1

Qozonda “O`zbek kinosi kunlari” o`tkazilmoqda

Madaniyat 05.10.2019, 15:04
Qozonda “O`zbek kinosi kunlari” o`tkazilmoqda

Avval xabar berganimizdek, 1-5 oktyabr kunlari Rossiyaning Moskva va Qozon shaharlarida “O`zbek kinosi kunlari” bo`lib o`tmoqda. Tadbir doirasida Qozonning «Mir» kinoteatrida o`zbek rejissyorlari tomonidan ishlangan eng sara filmlar namoyish etilmoqda.

Qozondagi filmlar namoyishida o`zbek teatr va kinosi darg`alari Rajab Adashev va Feruza Saidovalar mehmon bo`lishdi.

Qozonda o`zbek kinosi kunlarining ochilishida O`zbekistonning ushbu shahardagi bosh konsuli F.Nasriev ishtirok etdi.

Tatariston poytaxtida kino ixlosmandlari uchun hujjatli, badiiy, tarixiy, ijtimoiy-maishiy va bolalarga mo`ljallangan 8 ta film namoyishi tashkil etildi.

Kino kunlarini Umida Hamdamovaning «Issiq non» hamda Hilol Nasimovning «Hayot» badiiy filmi boshlab berdi.

O`zbekiston kino kunlari doirasida barcha filmlar namoyishi bepul amalga oshirilmoqqda.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1