AsosiySport

Xabib Nurmagomedov O`zbekistonda o`zining akademiyasini ochishni rejalashtiryapti

'Xabib Nurmagomedov O`zbekistonda o`zining akademiyasini ochishni rejalashtiryapti'ning rasmi

UFCning engil vazn bo`yicha mutloq chempioni Xabib Nurmagomedov O`zbekistonda jang san`ati ta`limi bo`yicha o`zining akdemiyasini ochishni rejalashtiryapti. U bu haqida Synergy Global Forumda qilgan chiqishidan so`ng jurnalistlarga ma`lum kilgan, deya xabar berdi tass.ru.

“Biz MMAni rivojlantiramiz, akademiya ochamiz. Bu bizning O`zbekistondagi ko`plab do`stlarimiz va muxlislarimizning rejasi. Men dunyoning qaysi burchagiga bormay, meni o`zbeklar qo`llab-quvvatlashadi, omad tilashadi”, - dedi u.

Shuningdek, kurashchining qo`shimcha qilishicha, 2020-2021 yillarda O`zbekistonda birinchi marotaba UFC turniri bo`lishi rejalashtirilayapti. 

    Boshqa yangiliklar