AsosiySport

Pochettino “Tottenxem”ni qanday shart bilan tark etmoqchi?

'Pochettino “Tottenxem”ni qanday shart bilan tark etmoqchi?'ning rasmi

Londonliklar bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoa bilan salbiy natijalar qayd etayotganiga qaramay rahbariyat unga ishonishda davom etmoqda, deya xabar bermoqda Daily Mail  nashri  

“Shporlar” ustozi klub bilan APLning 8-turiga kelib, 3 g`alaba, 3 durang va ikki mag`lubiyat qayd etdi va to`qqizinchi o`rinda bormoqda. EChLning oxirgi o`yinda esa o`z darvozasidan muxlislari qarshisida 7 ta gol o`tkazib yubordi. Ammo ushbu natijalar murabbiyga bo`lgan qiziqishlarni cheklab qo`ygani yo`q. “Manchester Yunayted” va “Real Madrid” rahbariyati Pochettinoni kuzatishda davom etmoqda.

Gap shundaki, agar madridliklar Zidanni iste`foga chiqaradigan bo`lsa, u holda fransiyalik mutaxassis “Tottenxem”da ish boshlashi va shundagina Pochchetino bilan londonliklar xayrlashishi mumkinligi aytilmoqda. Bundan tashqari ingliz klubi rahbariyatida Massimiliano Allegri va Joze Mourinyu variantlarini ko`rib chiqish ehtimoli ham yo`q emas.

    Boshqa yangiliklar