1

O`zbekistonning to`rtta shahrida VII  Evropa kinosi festivali bo`lib o`tadi

Madaniyat 08.10.2019, 09:23
O`zbekistonning to`rtta shahrida VII  Evropa kinosi festivali bo`lib o`tadi

11 oktyabr - 10 noyabr kunlari O`zbekistonning to`rtta shahrida VII  Evropa kinosi festivali bo`lib o`tadi. 

Festival “O`zbekkino” Milliy agentligi, Evropa Ittifoqining O`zbekistondagi delegasiyasi bilan birga,O`zbekiston Elektron Ommaviy Axborot vositalari Milliy Assosiasiyasining (EOAVMA) ko`magida tashkil etiladi. 

Bu yilgi festival dasturida Toshkent, Nukus, Urganch va Jizzax shaharlaridagi katta ekranlarda Evropaning etakchi rejissyorlari tomonidan yaratilgan filmlar namoyish etilishi ko`zda tutilgan.

Ochilish marosimi 11 oktyabr kuni Toshkentda, EOAVMA “Media-xoll” binosida soat 18:00da bo`lib o`tadi. Tantanali ochilish marosimidan so`ng “Belgiyaliklar Qiroli”  badiiy filmi namoyish etiladi. Festival Toshkentda joriy yilning 18 oktyabr kuniga qadar davom etadi. 

VII  Evropa kinosi festivali doirasida Qoraqalpog`iston Respublikasining Nukus shahrida – 24-26 oktyabr, Xorazm viloyatining Urganch shahrida – 1-3 noyabr va Jizzax viloyatining Jizzax shahri kinoteatrlarida – 8-10 noyabr kunlari namoyish etiladi.

Festival doirasida Evropaning 12 mamlakati: Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Daniya, Italiya, Latviya, Gollandiya, Finlyandiya, Fransiya va Shvesiyaning taniqli rejissyorlari tomonidan yaratilgan 10 ta film taqdim etiladi. 

Bular: “Belgiyaliklar Qiroli” komediya janrida suratga olingan drama, “Qishdagi Luiza” animasion filmi, “Stefan Tsveig: Evropa bilan xayrlashuv” hujjatli filmi, “Imtihon” va “Kichik fermer” dramalari, biror bir inson kadrga tushmagan “Homo sapiens” filmi, “Uzoqdagi kuchuklar hayqirig`i” hujjatli filmi, kriminal elementlariga ega “Chyambra” dramasi, “Hayotdagi eng baxtli kun” nomli quvnoq hujjatli film va “Jannat 89” badiiy filmlaridir.

Evropa kinosi festivali mintaqaning madaniy rang-barangligini yorqin jilolarda aks ettirish orqali Evropa kinosi sanoati yangiliklarini taqdim etish barobarida O`zbekiston tomoshabinlarining  madaniy ma`rifatini oshirishga salmoqli hissa qo`shadi.

Barcha filmlar rus va o`zbek tilidagi subtitrlar bilan asliyat tilida namoyish etiladi. Barcha kinoseanslarga kirish – bepul.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1