1

"O`zbekkino" Markaziy Osiyodagi eng yirik kino ishlab chiqarish bazasini yaratadi

Madaniyat 10.10.2019, 15:53
"O`zbekkino"  Markaziy Osiyodagi eng yirik kino ishlab chiqarish bazasini yaratadi

"O`zbekkino"  milliy agentligi o`zining texnologik bazasini keng ko`lamli qayta jihozlashni boshladi.

Daniya poytaxti Kopengagen shahrida “ O`zbekkino” milliy agentligi va Daniyaning “Danmon Group” kompaniyasi o`rtasida "O`zbekfilm” kinostudiyasi kino uskunalari, texnologik tizimlari va multimedia mahsulotlari bilan jihozlash bo`yicha yirik loyihani amalga oshirish yuzasidan muzokaralar bo`lib o`tdi. Tomonlar badiiy filmlar, hujjatli filmlar, multiplikasion filmlar tayyorlash uchun asbob-uskunalarni etkazib berish masalalarini muhokama qilishdi. Loyiha yaqin ikki yil ichida amalga oshiriladi. Kino jihozlarini modernizasiya qilish bilan bir qatorda, “O`zbekfilm” kinostudiyasi  maydonchasi qayta ta`mirdan chiqariladi.

"O`zbekkino" kompaniyasi bosh direktori Firdavs Abduxoliqovning  ta`kidlashicha, kompaniyaning texnologik bazasi va uning bo`limlarini har tomonlama qayta jihozlash O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev topshirig`iga muvofiq amalga oshiriladi.

Loyihada “O`zbekfilm”ning film yaratish jihozlari va hujjatli filmlar kinostudiyasi, multiplikasion studiya hamda respublika kino fondining to`liq yangilanishi ko`zda tutilgan.

Yangi jihozlar yordamida davlatimiz va xorij arxiv fondlarida saqlanayotgan kinotasmalarni raqamlashtirish va qayta tiklash imkonini qo`lga kiritamiz.

"CANON, APPLE, VICON va shu kabi boshqa kompaniyalar bizga Markaziy Osiyodagi eng yirik kino ishlab chiqarish bazasini yaratishimizga imkon beradi”, deya qo`shimcha qildi “O`zbekkino” rahbari Firdavs  Abduxoliqov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1