AsosiySport

Qozog`iston boks federasiyasi prezidenti Timur Kulibaev: “Boringlar, o`zbeklar bilan jang qilinglar!”

'Qozog`iston boks federasiyasi prezidenti Timur Kulibaev: “Boringlar, o`zbeklar bilan jang qilinglar!”'ning rasmi

Qozog`iston boks federasiyasi prezidenti Timur Kulibaev federasiyaning murabbiylar tarkibiga ko`rsatma bergani haqida xabar berildi “zarnews.uz” nashrida

Jumladan, federasiya prezidenti: “Hurmatli murabbiylar tarkibi, chiqish jadvaliga qarang. U erda siz tashkil etadigan janglar geografiyasi qanday omilga tayanib tuzilgan, tushunmayapman. Yonginamizda O`zbekiston terma jamoasi bor. Sizdan u erda nimalar bo`layotganligi haqida ma`lumot tayyorlashni so`ragan edim. Nega ularda boksga qiziqish juda yuqori? Haqiqatdan ular kuchli sportchilarni tayyorlashmoqda. Sizda esa bu masalaga oid bironta fikr va taklif yo`q. Siz Gollandiyaga bormoqchimisiz, u erda nima qilasiz? Boringlar, o`zbeklar bilan kuch sinashib ko`ringlar, Olimpiadaga tayyorlaninglar. Sizning haqiqiy raqobatchilaringiz O`zbekistonda. Ertaga ular bilan “oltin” uchun kurash olib borasiz. Gollandiyada nima bor? Yoki siz sayyohmisiz?”—degan.

    Boshqa yangiliklar