O`zbekiston Prezidenti Administrasiyasi rahbarining tegishli qaroriga muvofiq, Dilshod Madraximovich Saidjonov O`zbekiston Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktorining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, Agentlik direktorining birinchi o`rinbosarining maqomi Prezident maslahatchisi o`rinbosariga tenglashtirilgan.

Dilshod Saidjonov shu vaqtga qadar Agentlikning Axborot siyosati boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlab kelayotgan edi.






