1

Qaysi vazirlik tizimi eng ko`p Davlat byudjeti intizomini buzgan?

Iqtisodiyot 11.10.2019, 10:25
Qaysi vazirlik tizimi  eng ko`p Davlat byudjeti intizomini buzgan?

Davlat moliyaviy nazorati departamenti 2019 yilning 9 oyi davomida vazirliklar tizimlari tomonidan byudjet intizomini buzilish holatlari bo`yicha axborot berdi

Ma`lumotga ko`ra, o`tgan 9 oy davomida Xalq ta`limi vazirligi tizimidagi muassasalari tomonidan byudjet intizomini buzish holatlari 18,9 mlrd.so`mni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan qonunbuzilish holatlari 9,8 mlrd.so`mga (2 marta) ko`paygan.

Shuningdek, Oliy va o`rta maxsus ta`limi vazirligi tizimi tashkilotlarida aniqlangan qonunbuzilish holatlari

12,1 mlrd.so`mni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan

10,4 mlrd.so`mga (7 marta), Maktabgacha ta`lim vazirligi tizimidagi muassasalarida aniqlangan qonunbuzilish holatlari 6,6 mlrd.so`mni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan

3,5 mlrd.so`mga (2 marta) ko`paygan.

Shu bilan birga, hisobot davrida Sog`liqni saqlash vazirligi muassasalarida aniqlangan qonunbuzilish holatlari 10,2 mlrd.so`mni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan (10,7 mlrd.so`m) kamaygan bo`lsada, yirik miqdorda qonunbuzilish holatlari saqlanib qolmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1