1

Davlat byudjetiga byudjet tashkilotlari tomonidan “o`marilgan” 16,5 mlrd. so`m mablag` qaytarildi

Iqtisodiyot 11.10.2019, 11:12
Davlat byudjetiga byudjet tashkilotlari tomonidan “o`marilgan” 16,5 mlrd. so`m mablag` qaytarildi

2019 yilning 9 oyida Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan jami 2 655 ta muassasada kameral nazorat tadbirlari o`tkazildi

Xususan, 1147 ta kasb-hunar kollejlari va akademik liseylarda, 41 ta oliygohlarda, Madaniyat vazirligi tizimidagi 516 ta muassasalarda, 154 ta tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalarida, Buxoro va Surxondaryo viloyati mahalliy byudjetining tuzilishi va ijrosi, shuningdek 212 ta mahalliy byudjet va 44 ta boshqa tashkilotlarda hamda 28 ta tuman (shahar)lardagi 551 ta mahalliy byudjet tashkilotlarida jami 2 655 ta muassasalarida kameral nazorat tadbirlari o`tkazilgan.

Kameral nazorat tadbirlariga qamrab olingan muassasalarning 820 tasida (31%) 22,6 mlrd.so`m miqdorida byudjet qonunchiligini buzilish holatlari aniqlanib, nazorat tadbirlari davomida ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida 16,5 mlrd.so`m mablag`lar byudjetga tiklandi.

2019 yilning 9 oyligi davrida o`tgan yilning mos davriga nisbatan kameral nazorati tadbirlari bilan 3 martaga ko`p muassasalar qamrab olingan bo`lib, shunga mos holda byudjet intizomini buzilish holatlari ham 3 martaga ko`p aniqlangan.

Ma`lumot uchun:

 2018 yilning 9 oyligida 997 ta byudjet muassasalarida kameral nazorat o`tkazilgan bo`lib, shundan 432 tasida 7,3 mlrd.so`mlik byudjet intizomini buzilish holatlari aniqlangan.

Hisobot davrida nazorat tadbirlarining asosiy qismi byudjetdan mablag` oluvchi tashkilotlarda mablag`lardan maqsadli foydalanishi va moliyaviy intizomga rioya etilishi yuzasidan o`tkazilgan bo`lib, 5487 ta nazorat tadbirlaridan 4461 tasida (81,3%)

91,4 mlrd.so`mlik qonunbuzilish holatlari aniqlanib, ushbu asossiz xarajatlarning 83 mlrd.so`mi (91%) davlat byudjetiga tiklanishi ta`minlandi.

Ma`lumot uchun:

 2018 yilning 9 oyligida 3568 ta byudjet muassasalarida o`tkazilgan nazorat tadbirlarining 2996 tasida 38,3 mlrd.so`mlik byudjet intizomini buzilish holatlari aniqlanib, shundan 28,4 mlrd.so`mi (74,2%) byudjetga tiklangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1