1

Toshkentda yo`lovchi “bo`lisha olmagan” yoshlar o`rtasida mushtlashuv sodir bo`ldi

Jamiyat 11.10.2019, 21:07
Toshkentda yo`lovchi “bo`lisha olmagan” yoshlar o`rtasida mushtlashuv sodir bo`ldi

Internet tarmog`ida yoshlar o`rtasida kelishmovchilik aks etgan video tarqaldi. Videoning birinchi kadrlarida ko`z atrofida gematomasi bo`lgan yosh yigitning surati ko`rsatildi. 

Ushbu hodisa 24 sentyabr kuni taxminan soat 16.00 da Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasidagi avtoturargohda sodir bo`lgan. Hodisa ishtirokchilarining ko`rsatmalariga qaraganda, hodisadan bir kun avval Jizzax viloyatida yashovchi xususiy tashuv bilan shug`ullanuvchi 23 yoshli Anvar N. va 21 yoshli Shaxboz U.lar orasida yo`lovchi talashganliklari sababli kelishmovchilik yuzaga kelgach, biri ikkinchisini urgan. Keyingi kun, 24 sentyabr kuni Shaxboz U. avtoturargohga tanishlari – 39 yoshli O`ktam K. va 20 yoshli Abbas U.lar bilan kelgan. Anvar N. O`ktam K. bilan gaplashib turganidan foydalanib, Shaxboz U. uning orqasidan kelib Anvarni ura boshlagach, unga Abbos U. ham qo`shildi, O`ktam K. esa ularni ajratgan. Janjaldan so`ng Anvar N. tibbiy yordam uchun murojaat qilgan, ammo shifokorlarga ehtiyotsizligi sababli yiqilganini aytib, so`ng uyiga ketgan.     

28 sentyabr kuni Anvar Nning otasi – 49 yoshli Baxtiyor Sh. internet tarmog`ida videoni ko`rib Jizzax viloyati IIBga ariza bilan murojaat qilgach, ariza hodisa sodir bo`lgan hududdagi ichki ishlar ogani – Chilonzor tumani IIO FMBga yo`naltirildi.

Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi (“Bezorilik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1