Tanish-bilishchilik qimmatga tushdi

Jamiyat 12.10.2019, 11:12
Tanish-bilishchilik qimmatga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi IIV O`XB Samarqand viloyati bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Bu safargi tadbirda ham davlatimiz qonun-qoidalarini tanish-bilishchilik asosida chetlab o`tishga harakat qilgan qilga olindi.

Fuqaro Jamshid X. spirtli ichimlik ist`emol qilib, avtomashina boshqargani uchun "Damas" rusumli avtomashinasi YXHB tomonidan jarima maydonchasiga joylashtiriladi. Biroq fuqaro Maxmud A. yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali avtomashinani jarima maydonchasidan chiqarib berish va hujjatlarni sudga o`tkazmasdan ijobiy hal qilib berish evaziga haydovdan 1.200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Maxmud A.ga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

Ma`lumot berilishicha, ayti paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1