1

“Fitch Ratings” O`zbekiston suveren kredit reytingini barqaror deb topdi, lekin...

Iqtisodiyot 13.10.2019, 16:24
Teglar: Fitch Ratings, reyting, kredit
“Fitch Ratings” O`zbekiston suveren kredit reytingini barqaror deb topdi, lekin...

“Fitch Ratings” O`zbekistonning suveren kredit reytingini barqaror deb hisoblaydi, lekin ko`rsatkich oshirilishini cheklovchi omillar ham bor...

2019 yilning 11 oktyabrida “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi O`zbekiston Respublikasi suveren kredit reytingiga o`zining navbatdagi sharhini e`lon qildi. Unga ko`ra, mamlakatimiz suveren kredit reytingi “VV-“ (“Barqaror”) darajasida saqlanib qolgan. Bu haqida O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Mamlakatimiz kredit reytingi baholanishida uning moliyaviy holatining mustahkamligi, mo`tadil darajadagi davlat qarzi, “BB-” reytingiga ega davlatlarga nisbatan yuqori iqtisodiy o`sishga egaligi inobatga olingan bo`lsada, jon boshiga yalpi ichki mahsulotning (YaIM) nisbatan kamligi, institusional salohiyatni rivojlantirish zaruriyati va nisbatan yuqori inflyasiya darajasi reyting ko`rsatkichi oshirilishini “cheklovchi” omillar sifatida sanab o`tilmoqda.

Xususan, O`zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi (O`RTTJ) pul mablag`lari va Hukumat depozitlari (YaIMga nisbatan 10,4%), sof davlat qarzining past darajada ekanligi (2019 yil uchun YaIMga nisbatan -1,8% prognoz qilinmoqda), jahon moliya bozorlaridagi joriy holat sabab qulay foiz stavkalari va qayta moliyalashtirish xatarining pastligi ijobiy baholangan.

Shu bilan birga, Hukumatning iqtisodiy barqarorlikni oshirish, jumladan, davlat boshqaruvi va institusional ko`rsatkichlarni yaxshilash va davlat qarzining keskin oshib ketishining oldini olish, shuningdek, pul-kredit va soliq-byudjet siyosatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan sa`y-harakatlari alohida qayd etilgan.

Agentlik mamlakatimizda olib borilayotgan davlat ulushiga ega korxonalar islohotiga to`xtalib o`tar ekan, fiskal va moliyaviy xatarlarning oldini olish, raqobat muhitini yaxshilash va iqtisodiyotning samaradorligini oshirishga qaratilgan narxlar va tariflar liberalizasiyasi, korporativ boshqaruvning yaxshilanishi va xususiylashtirish jarayonlariga urg`u bergan.

“Fitch Ratings” tomonidan ta`kidlanishicha:

- doimiylik va ishonchlilikka asoslangan davlat siyosati orqali xatarlarning kamaytirilishi va makroiqtisodiy barqarorlikning ta`minlanishi, tarkibiy ko`rsatkichlarning (jumladan, aholi jon boshiga YaIM va institusional omillarning) kutilganidan ko`ra tezroq yaxshilanishi hamda suveren balansning mustahkamlanishi mamlakatimiz kredit reytingiga ijobiy ta`sir etadi;

- makroiqtisodiy barqarorlikka xavf tug`diruvchi xatarlarning ortishi, xususan kreditlash hajmining va davlat qarzining YaIMga nisbatan tez sur`atlarda o`sishi, xorijiy valyutadagi zaxira aktivlarining keskin kamayishi mamlakatimiz kredit reytingiga salbiy ta`sir etishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1