1

Urushda besh farzandidan ayrilgan Zulfiya ona haqida film suratga olinadi

Madaniyat 14.10.2019, 17:03
Teglar: Zulfiya ona, Ikkinchi jahon urushi
Urushda besh farzandidan ayrilgan Zulfiya ona haqida film suratga olinadi

"O`zbekkino" milliy agentligi matbuot xizmati xabariga ko`ra kinoijodkorlar tomonidan Ikkinchi jahon urushida besh farrzandidan ayrilgan yurtdoshimiz Zulfiya momo oilasi haqida film suratga olinishi rejalashtirilmoqda. Mazkur oiladagi ayollarning sadoqati, sabr-bardoshi, taqdirning ayanchli sinovlarini matonat bilan enggani barchaga ibrat bo`lishga arziydi.

Zulfiya ayaning besh o`g`li urushdan qaytmagan... 

«Xolmatov Isoqjon, Xolmatov Ahmadjon, Xolmatov Muhammadjon, Xolmatov Vahobjon, Xolmatov Yusufjon».

Muhammadjon 1941 yilning iyulida, Ahmadjon undan bir oy keyin frontga ketadi. Kuzga borib Vahobjon bilan Yusufjonni ham kuzatishadi. Eng oxirida, 1944 yilning mart oyida Isoqjon jo`nab ketadi.

Birin ketin hamma o`g`illaridan qora xat keladi. Aya barcha o`g`illari uchun qayg`urgan, ammo buni birovga bildirmagan. Ayniqsa kenjasi Yusufjon uchun qattiq kuyunib o`tgan ekan. Chunki faqatgina Yusufjon hali uylanmagan, undan zurriyod qolmagan edi. Qishloqdoshlardan kimningdir bolasidan qora xat kelsa, uni ”seni bitta bolang o`ldi, qaddingni tut, ana Zulfiya besh pahlavonidan ayrilib ham sabr qilayapti” – deb bir-birlariga taskin berisharkan. 

Urushdan so`ng aya kelinlariga “hohlasanglar turmush qilinglar”, degan, ammo kelinlari rad qilishgan. Kelinlar juda erta, yosh beva qolgan bo`lsalar-da, bir umr erlariga sadoqat qilib, Zulfiya ayaning bag`rida yashab o`tishgan.  

Keyinchalik Zulfiya ayaning o`g`illaridan faqat ikkitasi xaqida ma`lumot chiqdi. Muhammadjon Xolmatovdan kelgan «qora xat» topilib,  u 1945 yil 24 fevral kuni Polshaning Vembrandava tumanida halok bo`lgani va o`sha erga dafn qilingani, kenja o`g`il Yusuf Xolmatov esa tankchilar komandiri bo`lganligi, Leningrad qamalini yorib o`tish uchun bo`lgan janglarda tankda yaralanib gospitalda vafot etganligi ma`lum bo`ladi. Yusuf Xolmatov  Piskarev qabristoniga dafn etilgan ekan.  

Taniqli kinorejissyor Jahongir Ahmedovning navbatdagi badiiy filmi ushbu ayanchli taqdirlar haqida hifoya qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1