AsosiyJamiyat

Nozim Safari: Jahongir Otajonov ayblanuvchi emas, guvohdir...

'Nozim Safari: Jahongir Otajonov ayblanuvchi emas, guvohdir...'ning rasmi

Yaqin kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Jahongir Otajonovni to`ydagi holati aks etgan video keng muhokama qilindi. Keyinchalik san`atkor tomonidan tanqidlarga onlayn javob qaytarilib, kuni kecha esa xonandaning lisenziyasini tugatilgani esa aynan o`sha to`ydagi pullar shodasiga bog`lanmoqda. Bu borada bloger Nozim Safari ham o`z munosabatini bildirdi:

“Jaxongir Otajonovning ustidan pul sochilgani sababidan lisenziya muddati to`xtatildi. Bilmadim balki boshqa sababdir, lekin aynan shu variant ko`proq tilga olinmoqda. Lekin masalani boshqa tarafi bor.

Pulni Otajonov emas Otajonov ustidan sepishdi. Bu 215 modda (Davlat ramzlarini obro`sizlantirish)ga tortgan taqdirda ham Otajonov ayblanuvchi emas guvoh sifatida ishtirok etishi lozim. Keyin pul sochishni qanday qilib davlat ramzini obro`sizlantirish deya atalishi mumkin? Yillar davomida pul qistirib, pul sochib o`zbek xalqi davlat ramzini obro`sizlantirib kelgan ekan-da. 

 

Shunday bo`ladigan bo`lsa, pulni orqa cho`ntakda olib yuradiganlarni ham jazolaylik)). Ha? Nima? Pulni orqaga qo`yvolib obro`sizlantirmayaptimi?) Mantiqsizlik deysizmi? Unda Jaxongir Otajonovning ham bu holatda mantiqsiz ravishda jabr ko`rayotganini bilib qo`ying.

Ba`zida mantiq chegaralaridan chiqib ketayotganimizni sezishga harakat qilaylik”.

    Boshqa yangiliklar