AsosiyJamiyat

Chiroqchida tarvuzga haykal tiklanibdi

Qashqadaryo viloyati hokimligining telegram kanalida Jasur Kengboev tomonidan suratga olib...

'Chiroqchida tarvuzga haykal tiklanibdi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati hokimligining telegram kanalida Jasur Kengboev tomonidan suratga olib joylashtirilgan tarvuzning haykali paydo bo`ldi. Xabarda aytilishicha, Tarvuzning haykali Chiroqchining Ko`kdala qishlog`iga o`rnatilgan. Xabarni joylashtiruvchi quyidagi izohlarni qoldirgan:

"Yurtga birinchilardan bo`lib tarvuz etishtirib beradigan joy - qishlog`imiz Ko`kdala ostonasida tarvuzga haykal qo`yilibdi. Choynak-piyolaga, laganga, kitobga haykal tiklanganini ko`rganda, kishiga ozgina zavq keladi, tarvuzni ko`rib, poliz mahsulotlari hadisini olgan o`tamaylilik, ko`kdalalik dehqonlar sha`niga yaxshi ish qilinibdi, deb o`yladim. Baxayr bo`lsin! Zora, sayyohlar ham bir tilik tarvuz uchun Chiroqchiyu Ko`kdalamizgayam qadamranjida qilib, serqatnov bo`lib ketsa. Sharoit, imkoniyat, servis rivojlansa..."

 

    Boshqa yangiliklar