1

Milliy teatrda Qo`chqor Norqobil dramasi asosidagi "Tog`lardek baland bo`l!" spektakli namoyish etildi

Madaniyat 20.10.2019, 10:54
Teglar: Milliy teatr, Qo`chqor Norqobil
Milliy teatrda Qo`chqor Norqobil dramasi asosidagi "Tog`lardek baland bo`l!" spektakli namoyish etildi

Taniqli adib, dramaturg Qo`chqor Norqobil serqirra ijod sohibi. Uning turli kasb egasi bo`lgan zamonamiz qahramonlari timsoli aks etgan bir qator asarlari asosida sahnalashtirilgan spektakllar teatr muxlislari e`tirofiga sazovor bo`lgan. Dramaturg qalamiga mansub navbatdagi spektakl "Tog`lardek baland bo`l!" deb ataladi.

Unda o`z qat`iyati, insoniy fazilatlari bilan barchaga o`rnak bo`luvchi bugungi kun qahramonining obrazi yaratilgan. Bu sahna asarida og`ir sanoat tizimida, kon-metallurgiya sohasida faoliyat olib borgan, uzoq hayotiy tajriba va chuqur bilimga ega inson taqdiri to`laqonli talqin qilingan.

Dramada zamonamiz qahramoning tipik vakili o`zi ishlayotgan soha rivoji uchun barcha qiyinchiliklar va taqdir zarbalariga sobit turgan holda matonat bilan kurashadi. Ya`ni uning og`ir hayotiy yo`lni bosib o`tib, mas`uliyatli rahbar lavozimiga ko`tarilishi, bu insonning pokligi, mehr-murruvvati, xalq va yurt boyligini asrash yo`lidagi, korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi jasorati chuqur tahlil qilinadi.

Bir so`z bilan aytganda, mazkur asarda zamonaviy qahramon qiyofasi nafaqat gap-so`zlari, xatti-harakatlari, balki uning ichki dunyosi, dardi va qalb iztiroblarini ochib berish orqali aks ettirilgan.

Spektalni rejissyor G`ofur Mardonov sahnalashtirgan. Rollarni O`zbekiston xalq artisti Zuhra Ashurova, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Tohir Saidov, Mehriddin Rahmatov, Maxfuza Bobotillaeva va boshqalar mahorat bilan ijro etgan.

Manzura Bekjonova

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1