1

“O`zbekkino” “Qoraqalpoqfilm”da film suratga oladi

Madaniyat 20.10.2019, 23:08
“O`zbekkino” “Qoraqalpoqfilm”da film suratga oladi

Kinorejissyor Mansur Vasati tomonidan “Taqdir poezdi” nomli badiiy film suratga olinmoqda. 

Ushbu filmning ssenariy mualliflari – G`.Shermuhammad, Sh.Rizaev, maslahatchi – Muratbay Nizanovlardir.

Ijodiy guruh ushbu filmni suratga olish ishlarining asosiy qismini Qoraqalpog`iston Respublikasining Mo`ynoq va Nukus shahri atrofida amalga oshirgan.

Mazkur filmda Mo`ynoqlik bir ayolning ibratli taqdiri, ya`ni hayotning og`ir sinovlariga iroda va matonat bilan kurashgan inson qismati haqida hikoya qilinadi. Shu bilan bir qatorda, filmda hozirgi kunda dolzarb bo`lib turgan Orolbo`yi ekologik vaziyat muammolari ham o`z aksini topadi.

Film “O`zbekkino” Milliy agentligi tomonidan “Qoraqalpoqfilm” DUKda tasvirga olinmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1