1

Davlat tilini rivojlantirish departamenti  tashkil etiladi

Siyosat 22.10.2019, 09:19
Davlat tilini rivojlantirish departamenti  tashkil etiladi

O`zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e`lon qilindi.

Mazkur farmon bilan:

1. O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun – 21 oktyabr sanasini “O`zbek tili bayrami kuni” deb e`lon qilish to`g`risidagi taklifi ma`qullandi;

2. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida xodimlarining umumiy cheklangan soni 9 ta shtat birligidan iborat Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etiladi. Mazkur tashkilot davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etadi. Davlat tilining amal qilishi bilan bog`liq muammolarni aniqlaydi, o`zbek tilining yozma nutqi me`yor va qoidalarini ishlab chiqish bo`yicha hamda lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini to`liq joriy etish borasidagi ishlarni jadallashtiradi;

z) 2020 yil 1 iyunga qadar 2020-2030 yillarda o`zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va davlat dasturi loyihasi tayyorlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1