1

“Uchqo`rg`on-yog`”ning davlat ulushi 22,5 mlrd so`mga sotildi

Iqtisodiyot 23.10.2019, 13:01
“Uchqo`rg`on-yog`”ning davlat ulushi 22,5 mlrd so`mga sotildi

 Bugun Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Namangan viloyat hududiy boshqarmasining “Uchqo`rg`on-yog`” AJ ustav fondidagi 51,7 foiz davlat ulushi "Toshkent"  Respublika fond birjasi orqali 22 576 182 261 so`mga sotildi.

Mazkur aksiyalar paketi 2019 yilning 2 oktyabrida 22 531 059 978so`mlik boshlang`ich narx bilan fond birja savdolariga qo`yilgan edi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.04.2019 yildagi 4300-sonli Qaroriga muvofiq yog`-moy va bir qancha boshqa soha korxonalari ustav kapitalidagi davlat ulushlari sotilishi belgilangan edi.

Mazkur qaror ijrosini ta`minlash maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish Agentligi hududiy boshqarmalari tomonidan bir-qancha aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat aksiyalari birja savdolariga chiqarilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1