1

Nukusda bir guruh faxriylar tibbiy ko`rikdan o`tkazildi

Salomatlik 10.01.2015, 17:50
Nukusda bir guruh faxriylar tibbiy ko`rikdan o`tkazildi

Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Nukus filialida akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi mutaxassislari tomonidan aholi, jumladan, bir guruh faxriylar tibbiy ko`rikdan o`tkazildi. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

«O`zaro tajriba almashish maqsadida Keksalarni e`zozlash yili munosabati bilan o`tkazilgan tibbiy ko`rikda aholi, xususan, keksa yoshdagilar salomatligi yana bir nazoratdan o`tkazilib, zarur maslahatlar berildi», — dedi tibbiyot fanlari doktori Hamidulla Abdumajidov.

Shu erning o`zida malakali shifokorlar ko`krak qafasi va qorin bo`shlig`i, yurak-qon tomir xastaliklari, o`pka va nafas yo`llari kasalliklariga chalingan o`ndan ortiq bemorni jarrohlik yo`li bilan davoladi.

Bir hafta davom etgan salomatlik kunlari doirasida zamonaviy jarrohlik texnologiyalarini qo`llash bo`yicha seminarlar, bemorlar uchun tibbiy maslahatlar, jarrohlik operasiyasi bo`yicha mahorat saboqlari o`tkazildi. Tadbirlarda Qoraqalpog`iston Respublikasining barcha tibbiyot muassasalaridan mutaxassislar ishtirok etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1