Agar shahringizga qish keldi deb hisoblayotgan bo`lsangiz, quyidagi suratlarni tomosha qilib fikringiz o`zgarishi, muqarrar. Oymyakon (balki Oymakon, ya`ni oydek oppoq makondir) sayyoramizdagi eng sovuq qishloq bo`lib, unda 1933 yilda Selsiy shkalasi bo`yicha 67,7 daraja past harorat qayd etilgan, deb yozadi xabardor.uz.
Bu qishloqda yanvar oyidagi o`rtacha harorat -50 darajadir. Yangi Zelandiyalik fotograf Amos Chappl Oymyakondagi hayotni ko`rish va suratlarga muhrlash uchun dunyoning eng sovuq shahri Yakutskga ikki kunlik sayohat uyushtirdi.

Yakutskdagi markaziy bozor baliq va go`sht bilan to`lib-toshgan. Sababi bu erda donli mahsulotlar o`smaydi.

Ko`chadagi manzara.

Eng sovuq qishloqda hatto haykallarning ham soqollariga qirov ingan.

Ko`chaga mana shunday kiyinib chiqish lozim.

Oymyakon qishlog`iga olib boruvchi yagona yo`l —“Dandon yo`li”.

Qishloqqa kirishda “Oymyakon — sovuq qutbi” degan yozuvni o`qishingiz mumkin.

Bu ayol muzlagan uy yonidan qishloq markaziga ketmoqda.

Itni qalin terisigina issiq saqlaydi.

Qishloqdagi ko`plab hojatxonalar ko`chada joylashgan. Sababi muzlagan tuproq vodoprovod o`tkazishga imkon bermaydi.

Mahalliy fermerlar o`z sigirlarini tunda mana shunday pichanxonalarda saqlaydi.

Jonivorlar sovuqqa chidamli.

O`tlashga imkon beruvchi keng maysazorlar yo`q.

Burundan chiqqan nafas ham muzlab qolishga qodir.

Muzlagan krasovka.

Hamma joyni muz va qor qoplagan, hatto havo ham qirovlardan iborat.

Oymyakonda ishlayotgan yagona do`kon aholini barsa zarur narsalar bilan ta`minlaydi.

Avtomobillarni faqat isitilgan garajlarda saqlash mumkin. Aks holda, muzlagan mashinalar boshqa o`t olmaydi.

Xizmat ko`rsatish shoxobchasi.

Ko`mirli isitish zavodi qishloq aholisiga issiqlik energiyasini etkazib beradi.

Muzlagan erni tekislash.






