AsosiyDunyo

Kanada muzeyi eski xokkey tayoqchalarini sotib oldi

Kanada milliy tarix muzeyi o`z ekspozisiyalari qotirini taxminan ikki asr foydalanilgan xokkey tayoqchalari bilan to`ldirdi. Ekspertlar fikriga ko`ra, ular eng eski tayoqchalar hisoblanadi, deya yozmoqda TASS.

Sport moslamasi shaxsiy kolleksionerdan 300 ming dollarga sotib olingan bo`lib, ular 1830 yillarda shakarqamishdan tayyorlangan.

Tayoqchalarga uzoq yillar davomida Moffatt oilasi egalik qilgan, 1980 yili mahalliy sartaroshga sovg`a qilingan va deyarli 20 yil devorda osig`liq turgan. Shundan so`ng uni kolleksioner Mark Presli tomonidan sotib olingan.

Muzey yangi eksponatlarni ikki yildan keyin, ya`ni Kanada o`zining bir yarim asrlik yubileyini nishonlayotgan vaqtda namoyish etishni rejalashtirmoqda.

    Boshqa yangiliklar