Xitoy rasmiylari o`z tanasiga 94 ta iPhone 6 smartfonini bog`lagan holda mamlakatga olib kirishga uringan erkak qo`lga olindi, deb xabar bermoqda daryo.uz «LookAtMe.ru»ga asoslanib.
Gonkonglik erkak o`z tanasiga smartfonlarni plastik paketlar va skotch yordamida yopishtirgan. Uning «notabiiy yurishi, egilmayotgan tizzalari va haddan tashqari to`g`ri beli»ni payqagan bojxonachilar qo`lga olib, barcha iPhone’larni musodara qilgan.
Xitoyda iPhone 6’ni sotishga ruxsat berilgan bo`lsa-da, smartfonlarni doimiy ravishda Xitoyga noqonuniy ravishda olib kirishga urinish uchrab turadi.