O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 25 noyabrdagi “Jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishgani uchun O`zbekiston Respublikasi sportchilarini mukofotlash tartibini takomillashtirish to`g`risida”gi PF-4056-son Farmoni hamda “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O`zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag`batlantirish to`g`risida” 2017 yil 10 avgustdagi PQ-3196-son qaroriga asosan jahon chempionatlarida g`olib va sovrindor bo`lgan sportchilarni tayyorlagan trenerlarning har biriga bir martalik pul mukofotlarini berish haqida” 2019 yil 29 oktyabrdagi 896-f-son farmoyish ijrosini ta`minlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligida tadbir tashkil etildi.
Unda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xodimlari, mukofotlangan sportchi va murabbiylarning yaqinlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi A.Abduvohidov jahon arenalarida yuksak natijalar qayd etib kelayotgan sportchilarimizni mukofotlash to`g`risidagi Prezident farmoyishini o`qib eshittirdi.
Farmoyishga asosan sportning Olimpiya va paralimpiya turlari, jumladan joriy yil davomida parapauerlifting (2019 yil 12-20 iyul, Qozog`iston), eshkak eshish (2019 yil 21-25 avgust, Vengriya), dzyudo (2019 yil 25-31 avgust, Yaponiya), boks (2019 yil 6-22 sentyabr, Rossiya) hamda sport kurashlari (2019 yil 14-22 sentyabr, Qozog`iston) bo`yicha o`tkazilgan jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan quyidagi sportchilarga hamda ularning trenerlariga bir marta to`lanadigan pul mukofotlari tantanali topshirildi.
Jalolov Bahodir Isomiddin o`g`li – boks bo`yicha jahon chempioni, 12 000 AQSh dollari;
Zoirov Shahobiddin Shokirovich – boks bo`yicha jahon chempioni, 12 000 AQSh dollari;
Mirzaxalilov Miraziz Mirzakarim o`g`li – boks bo`yicha jahon chempioni, 12 000 AQSh dollari;
Mirzaeva Shaxnoza Shokir qizi – eshkak eshish bo`yicha jahon chempioni, 12 000 AQSh dollari;
Vardanyan Aram Simonovich – yunon-rum kurashi bo`yicha jahon chempionati kumush medali sohibi, 6 000 AQSh dollari;
Kuzieva Ro`za Rashidovna – parapauerlifting bo`yicha jahon chempionati kumush medali sohibi, 6 000 AQSh dollari;
Lutfullaev Sharofuddin Rustamovich – dzyudo bo`yicha jahon chempionati kumush medali sohibi, 6 000 AQSh dollari;
Ro`zmetov Dilshodbek Yusupbay o`g`li – boks bo`yicha jahon chempionati kumush medali sohibi, 6 000 AQSh dollari;
Assakalov Rustam Sixatbievich – yunon-rum kurashi bo`yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSh dollari;
Berdimuratov Jalgasbay Karlibay o`g`li – yunon-rum kurashi bo`yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSh dollari;
Boturov Bobo-Usmon Shamsutdin o`g`li – boks bo`yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSh dollari;
Guliev Artur Marlenovich – eshkak eshish bo`yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSh dollari;
Zokirova Nilufar Obidjon qizi – eshkak eshish bo`yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSh dollari;
Mamadaliev Elyor Muhammadjonovich – eshkak eshish bo`yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSh dollari;
Rahimov Hasanboy Ahmadjonovich – erkin kurash bo`yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSh dollari;
Rahmatova Dilnoza Bakir qizi – eshkak eshish bo`yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSh dollari.
Shuningdek, ushbu sportchilarning trenerlari, jumladan, Kabinov Istam Ashurovich, Erkaev Bahodir Turg`unovich, Qilichev To`lqin Maxmurovich (barchasi boks), Karmeev Artyom Ravilevich (eshkak eshish) jahon chempionlarini tayyorlaganligi uchun 6 000 AQSh dollari, Qilichev Farrux Komilovich (boks), Siddiqov Isroil Ismoilovich (yunon-rum kurashi), To`raboev Bekzod Saitqulovich (dzyudo) hamda Umurzoqov Fazliddin Abdulboqievich (parapauerlifting) jahon chempionatlarining kumush medali sohiblariga ustozlik qilgani uchun 3 000 AQSh dollari, Ahmedov Burxon Bahromovich (boks), Ponomaryov Aleksandr Viktorovich (eshkak eshish), Mirzadiyorov Rustam Islomovich (eshkak eshish), Ro`ziqulov Ravshan Raxmatulloevich (yunon-rum kurashi) hamda Hikmatov Olimjon Azizovichlar (erkin kurash) esa jahon chempionatlarining bronza medali sohiblarini tarbiyalagani uchun 3 000 AQSh dollari miqdoridagi bir marotaba to`lanadigan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Biz ushbu mukofotlarga sazovor bo`lganligi bilan barcha sportchi hamda trenerlarni samimiy muborakbod etamiz hamda ulardan kelgusida yana ham ulkan g`alabalarni kutib qolamiz.