“Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonuniga hamda O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida ”2011 yil 7 apreldagi 107-sonqaroriga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish o`g`risida Vazirlar Mahkamasining qarori muhokamaga qo`yildi.
Unga ko`ra, har oylik nafaqalar tayininlangan va to`lanadigan 16 yoshdan katta bolalikdan nogironlar, 16 yoshgacha nogironligi bo`lgan bolalarga va o`n sakkiz yoshga to`lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar qatoriga hayot uchun xavfli va surunkali rivojlanadigan kam uchraydigan (orfan) kasallikka uchragan shaxslar ham qo`shildi.
Quyidagilar hayot uchun xavfli va surunkali rivojlanadigan kam uchraydigan (orfan) kasalliklar hisoblanadi:
Mukovissidoz;
Tizimli boshlanuvchi yuvenilartrit;
Gemofiliya;
Talassemiya;
Bullyozepirdemioliz;
Pompe kasalligi (Glikogenni to`planishi kasalligi);
Goshe kasalligi (Qon yaratish tizimi kasalligi);
Fabri kasalligi (Irsiy kasallik, glikosfingolipid metobolizmini buzilishi);
Krabbe kasalligi;( Irsiy kasallik mielin tolalarini buzilishi);
Niman-Pik (A va V turi) kasalligi (Irsiy kasallik lipid metobolizmini buzilishi);
Mukopolisaxaridoz I turi.