AsosiyJamiyat

Sobiq Bosh prokuror Otabek Murodovning Toshkentdagi hovlisida tintuv o`tkazildi

'Sobiq Bosh prokuror Otabek Murodovning Toshkentdagi hovlisida tintuv o`tkazildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi sobiq Bosh prokurori Otabek Murodovning mol-mulki va uylari ro`yxati shakllantirilgan. Bu haqda «7news.uz» ishonchli manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Otabek Murodovning Toshkent shahar Yunusobod tumani Markaz-5 dagi xonadoni huquqni muhofaza qilish idoralar xodimlari tomonidan tintuv qilingan.

Ishonchli manba Otabek Murodovning Toshkentda hovlisi borligi va unga huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari kelib tintuv o`tkazganini ham xabar qildi. Lekin, hovli borasidagi ma`lumotlar hozircha to`liq tasdiqlanmadi.

Shuningdek, Otabek Murodovning yaqindagina xavfsizlik idoralaridan birida ish boshlagan jiyani M.A. (Ismi-sharifi bizga ma`lum) o`z arizasiga ko`ra ishdan bo`shagan.

Darakchi.uz vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida mutasaddilar bilan bog`landi. Biroq, mas`ul organ ayni paytda bu hakda ma`lumotlar mavjud emasligini ma`lum qildi.

Ma`lumot uchun: O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatidagi yig`ilishda Prezident Shavkat Mirziyoev sobiq Bosh prokurorga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilganini ma`lum qilgani haqida xabar qilgan edik.

O`zbekiston Respublikasining sobiq Bosh prokurori Otabek Murodovdan oldin Rashidjon Qodirov, va Ixtiyor Abdullaev ham qamoqqa olingan edi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar